Özini mustaqil deb e’lon qilgan Abxaziya respublikasi rahbari Aslan Bjaniya öz iste’fosini mintaqa «parlamenti spikeri»ga topşirdi. Hujjatning skani 19 noyabr, seşanbaga ötar keçasi Bjaniya matbuot xizmati tomonidan çop etildi.

U bu qadamni «barqarorlik va tartibni saqlaş» maqsadi bilan izohladi. Aslan Bjaniya ikki kun oldin iste’foga çiqişga tayyorligini e’lon qildi, buning uçun ommaviy namoyişlar iştirokçilari hukumat binolarini tark etişlari şart edi. Bjaniya matbuot xizmati, agar bu talab 19 noyabr kuni bajarilmasa, u iste’foga çiqiş haqidagi arizasini qaytarib olişini ta’kidladi. Bu Abxaziya «parlamenti» tomonidan şu kuni körib çiqilişi kerak.

Mintaqa rahbari iste’foga çiqqanidan keyin uni «vitse-prezident» Badra Gunba boşqaradi.

Abxaziyadagi muxolifat vaqtinçalik hukumat tuziş niyatida

Abxaziya muxolifati özini mustaqil deb e’lon qilgan respublika rahbariyati bilan mojaro fonida, agar Abxaziya rahbari Aslan Bjaniya iste’foga çiqişdan boş torsa, muvaqqat hukumat tuziş niyati borligini ma’lum qildi. Muxolifatçilar bu qadamni «hukumat organlarining normal işlaşini ta’minlaş va qulaşning oldini oliş uçun» qilişadi, dedi 17 noyabr kuni «Aruaa» gurji-abxaz uruşi faxriylari jamoat taşkiloti raisi Timur Guliya.

Şuningdek, u muvaqqat hukumat tarkibiga bir qator amaldagi vazirlar kirişi mumkinligini aytdi. Ayni paytda namoyişçilar ötgan bahorda örnatilgan hukumat majmuasi atrofidagi tösiqni demontaj qilişga kirişgan, deb yozadi «Interfaks» öz muxbirga tayanib. Muxolifat yetakçilaridan biri Adgur Ardzinbaning aytişiça, Bjaniya bu panjara bilan «öz xalqidan ajralib qolmoqçi».

Abxaziya rasmiylari RF bilan bahsli investitsiya şartnomasini bekor qiladi

Gurjistonning bölginçi Abxaziya mintaqasi prezidenti ma’muriyati ommaviy norozilik namoyişlari fonida Rossiya bilan investitsiya şartnomasini ratifikatsiya qiliş böyiça bahsli qonun loyihasini qaytarib olişga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Özini mustaqil deb e’lon qilgan respublika rasmiylari öz harakatlarini mintaqadagi «vaziyatni barqarorlaştiriş»ga kömaklaşiş istagi bilan izohladi, deb xabar qildi 15 noyabr kuni abxaz OAV.

Muxolifatga köra, Rossiya Federatsiyasi bilan investitsiya şartnomasi Abxaziyaga «manfaatlarni töğridan töğri topşiriş» hisoblanadi. Bu hujjat mintaqada ommaviy noroziliklarni keltirib çiqardi. 11 noyabr kuni Abxaziya Davlat xavfsizlik xizmati kelişuvni ratifikatsiya qilişga norozilik bildirgan faollarni qölga oldi, şundan söng namoyişçilar uçta köprik orqali harakatlanişni tösib qöyişdi. Faollar qöyib yuborilganidan söng harakat qayta oçildi.