Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuçlari Amerikaning uzoq masofali ATACMS raketalari bilan Bryansk viloyatiga hujum qilganini tasdiqlamadi. Bu haqda undan Daniya boş vaziri Mette Frederiksen bilan bölib ötgan matbuot anjumanida söraşdi, deb yozdi «RBK-Ukraina».
«Uzr, ortiqça tafsilotlarsiz. Ukraina uzoq masofaga zarba beriş imkoniyatlariga ega, özimiz işlab çiqargan uzoq masofaga uçuvçi dronlar bor. Endi bizda uzoq masofaga zarba beruvçi «Neptun» [qanotli raketalar] bor va ular oz emas. Endi bizda ATACMS bor. Bularning barçasidan foydalanamiz», dedi Ukraina prezidenti.
«RBK-Ukraina» xabariga köra, 19 noyabrga ötar keçasi ukrainalik harbiylar Bryansk viloyati Karaçev şahri yaqinidagi öq-dorilar omboriga ATACMS raketalari yordamida hujum qilgan. Şunday qilib, Ukraina Qurolli kuçlari birinçi marta Rossiya hududiga hujum qiliş uçun Amerikaning uzoq masofali raketalaridan foydalangan. Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi buni tasdiqlamadi.
Köp ötmay, Rossiya Mudofaa vazirligi 19 noyabrga ötar keçasi Ukraina Qurolli kuçlari Bryansk viloyatidagi harbiy obektga oltita ATACMS raketasi bilan hujum qilgani haqida xabar berdi.
17 noyabr kuni Amerika matbuoti AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukrainaga Rossiyadagi nişonlarga qarşi ATACMS raketalarini qöllaşga ruxsat bergani haqida xabar berdi.









