Kooperativlarga birlaşgan fermerlar qator davlatlarning iqtisodiy tayançiga aylangan. Endi Özbekistonda ham kooperativlar taşkil bölişi va rivojlanişi, fermer va dehqon xöjaliklari ixtiyoriy tarzda öz resurslarini birlaştirib, yuqori samaraga intilişlari uçun huquqiy zamin yaratildi. Xöş, kooperativ özi nima, yangi qonun qanday işlaydi?

Kun.uz jurnalisti Şokir Şaripov bu mavzuda Qişloq xöjaligi vazirligi departament direktori Soatmurod Qulmirzayev va vazirlik boşqarma boşliği Sunnatilla Raşidov hamda Agrobiznes assotsiatsiyasi rahbari Kamoliddin Ikromov bilan suhbat qurdi.

Ş.Şaripov: Birinçi savolim, kooperativ özi nima?

S.Qulmirzayev: Avvalambor barça dehqonlarimiz va fermerlarimizni qişloq xöjalik kooperativi töğrisidagi qonun qabul qilingani bilan tabriklaymiz. Kooperativ degani bir guruh yuridik yoki jismoniy şaxslarning bir maqsad sari kuç va resurslarini birlaştirgan holda muvaffaqiyatga erişişidir. Masalan, oxirgi uç-tört yilda davlatimiz rahbari taşabbusi bilan 270 mingdan ortiq yer maydonlari tarqatildi. Bu yer maydonlarida 800 mingdan ortiq, salkam 900 mingta dehqon va dehqon xöjaliklari taşkil etildi, ya’ni kiçik işlab çiqaruvçilar.

Demak, kiçik işlab çiqaruvçilar özaro ixtiyoriy ravişda birlaşib, mahsulotlarni sifatli va jahon talabiga javob bera oladigan darajada işlab çiqariş, saqlaş, qayta işlaş uçun hamkorlik qila boşlaydi. Ular resurslarda tejamkorlikka erişib, kam xarajat bilan yuqori daromadni ta’minlaş maqsadida özaro birlaşadi. Bu jarayonga nafaqat fermer va dehqonlar, balki ta’minotçilar, qayta işlovçilar, eksportyor korxonalar va boşqa agro tadbirkorlik sub’yektlari ham a’zo bölişi mumkin. Bularning barçasi bir maqsad sari, kooperativ a’zolarning manfaati uçun işlaydi.

Ş.Şaripov: Men ikki yil oldin nemis mutaxassisi Karl Krugdan kooperativlar töğrisida intervyu olgandim, u davlatimizga uşbu qonunni işlab çiqişda yordam bergan bölib, kooperativ huquqi böyiça xalqaro ekspert hisoblanadi. U aytdiki, fermerlarning birlaşuvi degani fermerlar batamom birlaşib ketadi degani emas, har bir fermer öz faoliyatini davom etaveradi, faqat kerak bölganda resurslarni birlaştiradi, degan edi.

S.Qulmirzayev: Şunday. Masalan, kimdir mahsulotni saqlovçi omborxonaga ega, boşqa birining esa mahsulotni qayta işlovçi korxonasi bor, ular imkoniyatni birlaştirişadi. Bundan taşqari, kimdir turli xil xizmatlar körsatadi, masalan, öğitlarni va uruğlarni yetkazib beradi. Bu jarayonda hamma manfaat topadi.

Deylik, 50 ta kiçik dehqon xöjaligi bir kooperativga birikdi. Eksportyor korxona bu kooperativga taklif qiladi, masalan, “menga sabzi yetiştirib beringlar” deydi. Kooperativ mahsulotni yetiştirib, saqlab, qayta işlab beradi. Fermerlar birlaşişadi, kimdir texnikaga ega, kimdir mablağga. Qonunçiligimizda “investitsiya kirituvçi a’zolar” degan yangi institutlar qöşilgan, ular öz mablaği bilan kooperativ faoliyatini rivojlantirişga hissa qöşadi.

K.Ikromov: Hali aytilganidek, 270 ming gektar dehqonlarga yer ajratildi. Şu yerda ta’kidlaş kerakki, mazkur dehqonlarda “bizlarni majburiy birlaştirib, kooperatsiyalarga qöşişadi, yoki yerimiz ketib qoladi” degan xavotir paydo bölişi mumkin. Yöq, unday emas. Ular kooperativga birlaşib işlaşlari ham mumkin. Qulay tomoni – misol uçun, qirq sotix yeri bor bitta dehqon yerini haydatmoqçi bölsa, yerini bir million sömga haydaşadi. Ammo ön gektar yerni katta texnikada haydatganda, 300 ming sömdan haydaydi gektarini...

Xuddi şunday boşqa işlar ham bor, birlaşib buxgalter olişlari mumkin, iqtisodçi, yurist yollaşlari mumkin, qayta işlaş zanjirlarini ötkaziş uçun muzlatkiçlar qöyişlari mumkin. Bular birlaşib qilinganida arzon va qulay böladi, özlariga yaqin joyga qöyişadi, bu esa daromadlarining ösişiga olib keladi.

Ş.Şaripov: Kooperativlarning aynan joriy vaziyatdagi ahamiyati haqida gaplaşsak.

S.Raşidov: Bugungi kungaça ham tabiiy ravişda birlaşib kelgan kooperativlarimiz bor edi. Lekin huquqiy asos fundamenti yöq edi. Ma’lum bir qarorlarning qanaqadir qismida körsatib ketilgandi yoki normativ huquqiy hujjatlarda körsatib berilgandi faoliyatni qanday taşkil etiş. Birja orqali xomaşyoni sotiş boşlandi. Hamma narsa birja orqali amalga oşirilmoqda. Lekin bitta muammo fermerlarni qiynab kelmoqda: xalqaro tajribadagi kabi kooperativlarga birlaşgandan keyin fermerlar oxirgi qayta işlangan mahsulotdan ham özining uluşiga ega bölmayapti. Bizning fermerlar faqatgina yetiştirgan mahsulotini sotadi, xolos. Ya’ni foydasi çegaralanadi. Endilikda kooperativga birlaşadigan bölsa, mahsulotini birlamçi qayta işlaşdan ham ma’lum darajada foyda olişni boşlaydi.

Paxtaçilikni misol qilib aytadigan bölsak, kooperativga qöşilgan fermer paxta xomaşyosini tergandan keyin, tolasini va çigitini alohida qilib qayta işlab sotadigan bölsa, xomaşyoni sotişdan köra yuqoriroq daromad oliş imkoni paydo böladi.

Bunda davlat tomonidan berilayotgan imtiyozli kreditlarni kamaytiriş mumkin böladi. Bora-bora kooperativlarga birlaşgan fermerlar öz mahsulotlarini mustaqil yetiştirişni boşlaydi, öz texnikasi böladi, öz agronomi böladi va hokazo. Ön gektardan önta fermer birlaşsa, faqat bitta agronomga mablağ, ya’ni oylik tölaydi. Agar ular alohida harakat qilmoqçi bölsa, juda köp xarajatlar qilişi kerak böladi.

Dunyo bozorida raqobat juda katta. Mahsulotimiz raqobatbardoş bölişi uçun eng birinçi örinda xarajatni kamaytirişimiz kerak. Xarajatni kamaytiriş uçun kooperativ – haqiqiy yeçim deb ayta olamiz, ya’ni kooperativlarga birlaşiş.

S.Qulmirzayev: Yana bir muhim jihati şuki, fermerlar birlaşib yil davomida zaruriy resurslarni ham birja orqali sotib olişlari mumkin. Kam miqdordagi zaruriy resurslarni sotib olib, olib keliş bir fermerga qimmatga tuşadi, turli qiyinçiliklar ham yuzaga keldi.

Tajribadan aytiş mumkinki, fermerlar moddiy resurslarni birlaşib sotib oliş va saqlaş orqali öttiz beş-qirq foizgaça xarajatlarni qisqartirişga erişilyapti. Biz buni Germaniya tajribasida tahlil qilganmiz.

Ikkinçi muhim masala şundaki, fermerlarimiz jahon bozoriga sekin-sekin öz mahsulotlari bilan kirib borişadi. Jahon bozoriga kirib borişdagi eng muhim qadam bu – kooperativlarga birlaşiş. Jahon bozori talab qiladigan har qanday sertifikatlarni bitta fermer qölga kirita olmaydi. GLOBALG.A.P. deysizmi, boşqasimi, jahon bozorida talab qilinadigan sertifikatlarni oliş kerak. Ellikta fermer kooperativga birlaşganda, bu osonlaşadi.

Bu yoqda marketing va logistika bor, kompleks loyihalar işlab çiqiş bor – bularni ham birlaşib qiliş oson.

Ş.Şaripov: Xorijdan mutaxassislarni jalb qiliş mumkin...

S.Qulmirzayev: Ha. Qonunçilik böyiça endilikda tajribali menejerlarni, xorijiy ekspertlarni va yetakçi mutaxassislarni yollaş boşqaruvda, masalan, ijroçi direktor sifatida misol keltiriş mumkin.

Kooperativlar xalqaro grantlar va moliya institutlaridan mablağ jalb qilişda xalqaro aloqalarini boyitadi. Huquqiy yordam körsatiş kooperativning asosiy faoliyatidan biridir. Bu ham muhim hisoblanadi. Davlat aralaşmasligi kerak. Kooperativ tijorat taşkiloti sifatida tan olinadi va erkin faoliyat qiladi, mahsulotni yetiştiradi, qayta işlaydi, sotadi va eksport qiladi. Xizmat körsatiş asosan öz a’zolariga yönaltirilgan.

Fermerlar moliyaviy boşqaruv tuşunçalaridan bexabar bölişi mumkin. Zamonaviy savdo jarayonlarini qanday boşqariş kerakligini tuşuniş uçun öqitiş talab etiladi. Elektron tizimga ötganimiz sababli elektron kalitlardan qanday foydalanişni biliş muhimdir. Işlarning moliyaviy tomonini, mablağlar aylanmasini, uning tekşiruvlarini, şaffofligini ta’minlaşga alohida mutaxassislar jalb qilinişi mumkin böladi. Bu xarajat va daromad hisob-kitobi öz vaqtida yuritilişiga, öz vaqtida soliq organlariga, davlat taşkilotlariga hisobotlar topşirilişida juda muhim ahamiyatga ega.

Ş.Şaripov: Beş, ön yoki yigirma fermerlar birlaşib, kooperativ tuzaylik, dedi. Ularning birinçi harakati nimadan iborat bölişi kerak, nima qilişlari kerak böladi?

S.Qulmirzayev: Qonunçilikda közda tutilgan, kooperativni taşkil etiş uçun alohida belgilangan ma’lumotlar asosida harakat qilişlari kerak. Birinçi qadam – kooperativ taşkil etişni istagan taşabbuskorlar, xoh jismoniy yoki yuridik şaxslar bölsin, kooperativning ta’sis hujjatlarini tayyorlaşlari kerak.

Dastavval özlarining içidan, özlari istagan holda, rahbar saylaydi. Rahbar tomonidan ta’sis hujjatlari imzolanadi, va kooperativning nizomi işlab çiqiladi. Kooperativning asosiy masalalari nizomda böladi. Ta’sisçilar tomonidan işlab çiqilgan ustav joylardagi davlat xizmatlari markazlaridan röyxatdan ötkaziladi. Bu jarayonda tuman hokimining qarori kerak emas, aksinça, qonunda keltirilganidek, qişloq xöjaligi kooperativi ixtiyoriy ravişda birlaşgan jismoniy yoki yuridik şaxslarni ifodalaydi.

Şu paytgaça tugab ketgan kooperativlar faoliyatni tekşirganimizda, omadsizlik sababi boşqaruvdagi yoki ta’sis hujjatlardagi xatoliklar ekanini körişimiz mumkin. Şu uçun qonunda ikir-çikirigaça batafsil belgilandi.

Uçtaga organlar böladi. Umumiy yiğiliş (oliy organ), kuzatuv kengaşi (nazorat organi) va ijro organi – boşqaruvda muhim ahamiyatga ega. Röyxatga olingandan keyin, bu organlar öz işlaş tartibini belgilaydilar. Umumiy yiğilişda ular özlarining uç yillik, beş yillik maqsadlarini, yönalişini belgilaydilar.

Bu yilgi reja mahsulotni saqlab sotiş bölsa, kelasi yil dastlabki qayta işlab sotiş, undan keyingi yilda çuqur qayta işlab sotiş va hokazo.

Eng asosiysi, bu yerda teng huquqlilik böladi: har bir a’zo bitta ovozga ega, u yuz gektar yeri bölsa ham, ön gektar yeri bölsa ham bir xil ovozga ega. Kooperatorlarning tugab ketişiga aynan şu sabab bölgan – içidan yuqoriroq uluşga ega bölgan operativ a’zosi doim boşqalarni bosim ostida uşlaşga harakat qilgan. Şundan kelib çiqqan holda, har bir a’zo bitta ovozga ega böliş qonunda belgilandi. Majburiy paybadal ham bor. Majburiy paybadali ham teng miqdorda belgilangan.

Kooperativning nizomida bölişi kerak: har bir a’zoning kirişi, çiqişi, qabul qilinişi, kooperativdan çiqarilişi, paybadallar, bölinmas jamğarmalar, zaxira jamğarmalardan qanday foydalaniş, zararlarni qanday taqsimlaş, foydani qanday taqsimlaş, barçasi ustavda öz aksini topadi. Ustavda a’zolarga qöyiladigan talablar ham bor, talabiga javob beriş kerak. Bu talablar ham muhim hujjat hisoblanadi.

K.Ikromov: Ustavni sodda dehqonça tilda aytadigan bölsak, qonunni buzmagan holda özaro kelişib iş yuritiş usuli bu. Kelişuv ustavda aks etadi, bu kelişuv qonunda körsatilgan barçasini öz içiga oladi. Bundan taşqari, qonunni buzmagan holda özaro şartlarni yozib qöyib kelişib işlaşadi, özaro şerikçilik şartnomasidek. Teng ovozga egalik foydani taqsimlaşda teng olaman degani emas. Sof foyda taqsimotida öşa yer maydoniga mutanosib ravişda taqsimot qilinadi.

S.Raşidov: Yuz gektar yerga ega bölgan a’zo olgan hosiliga qarab foiz oladi, ön gektarlik yeri bor a’zosi ön gektarga mutanosib ravişda foydasini oladi. Ya’ni hamma teng huquqli bitta ovozga ega, lekin foydani taqsimlaşda kimda köproq yer bölsa, öşanga mutanosib ravişda foyda olinadi. Bu narsa ham ustavda aniq körsatilişi kerak. Boşqa holatlar nazarda tutilişi kerak bölsa, uni ham yoziş imkoni bor. Ya’ni ustavda çegaralarni belgilamaganmiz. Qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa yönalişlarda ham bemalol körsatiş mumkin böladi.

Ş.Şaripov: Kooperativ rahbarni saylaş bu – a’zolardan qaysidir fermer saylanadimi rahbar qilib yoki çetdan iş yurituvçi yollanişi mumkinmi?

S.Qulmirzayev: A’zolar içidan saylanadi. Siz aytayotganday, menejerlarni va boşqa mutaxassislarni yollaş ijro organining vakolatida. Umumiy yiğilişga masala qöyiladi: "Kooperativimizga tajribali menejer kerak". Qonunçilikda bunga taqiqlov qöyilmagan.

Kuzatuv kengaşi ham kooperativ a’zolari içidan saylanadi. Önta fermer kooperativ tuzmoqçi, ta’sis yiğilişini ötkazmoqda. Ön kişi yiğilişida kelişib oladi va aytadi: "Endi kimdir hujjatlarni röyxatdan ötkazişi kerak". Ön kişi hujjatni kötarib yurmaydi-ku, içidan bir kişini tayinlaydi. Hujjatga imzo qöyiş va uni röyxatdan ötkaziş uçun vakolat beradi. Ön kişi nomidan vakolat beriladi.

Röyxatdan ötkazgandan keyin, birinçi qilinadigan iş: umumiy yiğiliş çaqiriladi, yana öşa ön kişi yiğiladi. Endi ular aytadi: "Mana, taşkilotni, ya’ni kooperativni röyxatdan ötkazdik. Qişloq xöjaligi kooperativi taşkil etildi". Ön kişi ta’sisçi. Endi, mana şu ön kişi ham ta’sisçi, ham a’zo.

Kooperativning umumiy yiğilişi – eng oliy organ. Bu hamma a’zolar tomonidan ötkaziladigan yiğiliş bölib, hamma teng ovozga ega. Keyin umumiy yiğilişda bitta ijroçi direktor, yoniga buxgalter, agronom, masalan, tayinlaşi mumkin. Bu taşkil etilgandan keyingi qilinadigan işlardir. Kuzatuv kengaşi esa uşa aynan kooperativ a’zolarining içidan tayinlanadi. Ular öşa kooperativdagi ijroçi direktorni kuzatib boradi: ötkazmalar, pul bilan muomala, hisobotlar topşirişi.

K.Ikromov: Kooperativlar 250 yillik tarixga ega. Yaponiya, Xitoy yoki Amerikada kooperativlar juda ham rivojlangan tizimdir. Sababi – xarajatlarni kamaytiriş va daromadni oşiriş ilinji. Moliyaviy muammolarni hal qiliş maqsadida birlaşganlar. Keyinçalik moliyaviy jihatdan rivojlanib ketganlar. Qişloq xöjaligi yuqori tavakkalçilikka asoslangani uçun banklar juda yuqori foizlarda kredit bergan. Şu sababli ular öz banklarini taşkil etişgan. Köpgina davlatlarda kooperativlar öz banklariga ega. Ular arzon kreditlar orqali rivojlanişni keyingi bosqiçga ötkazişgan.

Misol uçun, Germaniyada Raiffeisen Bank degan bank bor. U dunyo böyiça top öntalikka kiradi. Yaponiyada ham şunday bank mavjud bölib, top yigirmatalikdagi banklardan biri hisoblanadi. Kooperativlar faqat qişloq xöjaligi bilan çeklanib qolmasdan, ijtimoiy masalalar bilan ham şuğullanadi. Kooperativlar mavjud bölgan joyda maktablar va boşqa ijtimoiy obektlar rivojlanadi. Ya’ni köplab ijtimoiy masalalarni hal qilişadi.

Kooperativlar sanoatlaştirişni yölga qöyib, zavodlarini qurib bölişgan. Endi qişloq rivojlanişi, infratuzilmasini yaxşilaş va odamlarning farovonligini oşirişga harakat qilişmoqda.

S.Qulmirzayev: Xorijiy davlatlarda kooperativlarda ijtimoiy ğamxörlik prinsipi asosiy tamoyillardan biri sifatida kiritilgan. Bu prinsip bizning qonunimizdan, yangi qonundan ham joy olgan.

K.Ikromov: Germaniya, AQŞ, Kanada, Xitoy, Yaponiyada kiçik işlab çiqaruvçilarning 70 foizdan ortiği resurslarni kooperativ orqali olişadi, mahsulotni ham kooperativ orqali sotişadi. Şuni körişimiz mumkin, 70 foiz kişilik işlab çiqaruvçilar kooperativlar orqali resurslar va mahsulotlarni sotişadi.

S.Qulmirzayev: Yaponiyada, Germaniyada kooperativlarning uyuşmalari mavjud. Bu uyuşmalar yon-atrof tuman, viloyat va milliy darajada taşkil qilinadi. Ular asosan ijtimoiy masalalarni hal qiliş, uy-joy bilan ta’minlaş, kooperativ a’zolariga kreditlar beriş, soğlomlaştiriş maskanlari va şuningdek ularning kasalxonalari bilan şuğullanadi. A’zolar va ularning oila a’zolariga xizmat körsatadigan maktablar, hammasi kooperativlar orqali amalga oşiriladi.

Ş.Şaripov: Muhimi, bu jarayonda hammasi köngilli ravişda amalga oşiriladi, majburlov bilan emas.

K.Ikromov: Tabiiy va ixtiyoriy körinişda. Tizim dehqonning öziga nima va qaçon qiliş kerakligini biliş imkonini beradi. Kooperativ buyurtma beradi va mahsulotlarni yetkazib beradi. Mahsulotning narxidan xavotirlanmaydi, sababi kooperativ kerakli vaqtda qulay narxda mahsulotni sotadi.

S.Qulmirzayev: Kooperativlar aniq yönalişlarga asoslangan: meva-sabzavotçilikda olma kooperativlari, guruç işlab çiqaruvçilar kooperativlari misol böladi. Yaponiyada guruç işlab çiqaruvçilar kooperativini örganib, boşqaruvi bilan hamkorlikda işlaşini kördik. Guruç yetiştirilgandan keyin kelişilgan narxda içki bozorda şakllangan narxda a’zolariga yetkaziladi. Guruç saqlanib, jahon bozorida sotiladi.

Jahon bozorida sotilgandan keyin, a’zolarni yana bir marta yiğib, “biz guruç uçun ön sömdan bergan edik, lekin jahon bozorida yigirma sömdan sotdik, beş sömni kooperativning faoliyatini rivojlantirişga, zaxiraga, jamğarmalarga va hokazolar uçun olamiz, har bir a’zoga uluşi böyiça beş sömni taqsimlab çiqamiz yoki agar qayta işlangan bölsa, oxirgi daromaddan uluşni taqsimlab beramiz”, deyiladi.

Ş.Şaripov: Demak, qanday mahsulot yetiştiriş masalasini hal qilayotganda pragmatik yondaşiladi, kimdir "buni ekasan" demaydi.

K.Ikromov: Nafaqat “paxta, ğalla yoki daraxt ekasan" degan narsa bor, hattoki navlarni kelişib tanlaşadi. Masalan, ön yil oldin olma östirişgan bölsa, “bu nav eskirdi” deb, yangi nav ekib yuborişadi kelişib. Asosiysi, bir xil nav ekişadi, çunki “obyom” kerak. Mahsulotni katta savdo tarmoqlariga yetkazib beriş maqsadida tez-tez navlarini özgartirib turişadi va işlariga heç kim aralaşmaydi.

Ş.Şaripov: Kooperativda qarorlar kollegial tarzda qabul qilinadi. Kvorum masalasi qanday böladi?

K.Ikromov: Bu ustavda belgilab ketiladi. Özaro kelişilgan holda hal qilinadi.

Ş.Şaripov: Hamma jihatlarni hisobga oliş kerak, kelgusi xavotirlar haqida, kimda qanday xavotirlar bor?

K.Ikromov: Dehqonlarda xavotir bölişi mumkin. Ular bu yangi tizimni eski kolxoz deb öylaşlari mumkin. Lekin kooperativga majburlanmaydi. Kooperativga ötganda ham yerlar özlarida qoladi, uzoq muddatli ijara ular uçun saqlanib qoladi. Hisob raqamlari özlarida qoladi. Istasa kooperativga kiradi, xohlasa çiqib ketadi. Ustavlarda belgilangan çiqiş muddati bor, mavsumning oxirida çiqib ketib qolinsa, jarimalar qöllanişi mumkin.

Boşqa kooperativlar bilan işlaş imkoni ham bor. Agarda klaster tizimi qulay bölsa, ularga qöşilib işlaş mumkin. Joylarda yaxşi klasterlarimiz ham bor va ular bilan işlaş qulay bölsa, kooperativlar öz işlarini bemalol davom ettirişadi. Ular bilan ham işlayveradi, unda heç qanday muammo yöq.

Ş.Şaripov: Karl Krug bilan gaplaşganimda aytdi bu klasterlarning ham manfaatiga töğri keladi, çunki kooperativ mahsulotni tayyor qilib beradi.

S.Qulmirzayev: Şu yeri juda muhim: kooperativlar mahsulotlarni tayyor holda yoki birlamçi qayta işlagan holda klasterlarga yetkazib berişi mumkin. Bu jarayonda klaster umuman işlab çiqarişga mablağ tikişi yoki qandaydir mexanizatsiya xizmatlari körsatişi şart emas. Klaster boşqa majburiyatlarni bajarişga majbur bölmaydi. Klaster kooperativdan birja orqali mahsulotni sotib olişi mumkin. Ya’ni klaster özining faoliyat yönalişi bilan şuğullanadi, har bir fermer bilan alohida işlaş örniga.

S.Raşidov: Klaster uçun qulaylik tomoni şundaki, katta hajmdagi mahsulot tayyorlanadi, sifatini köradi, narxini kelişadi, olib ketadi. Vaqtdan yutiladi: ham dehqon vaqtdan yutadi, ham klaster vaqtdan yutadi. Vaqt juda qimmat narsa. Eng asosiysi klaster öz yönalişini rivojlantira oladi, çunki u mahsulot yetiştirişga özini çalğitmaydi.

Italiya tajribasini örganganimizda, ularda özlarining "MOF" degan bir tajribasi bor. Har bir kooperativning supermarketda joyi bor. Bu qöşma kooperativlarning natijasi. Şu darajaga yetişgan. Italiya tajribasida katta-katta işlab çiqaruvçilarning, qayta işlovçi korxonalarning kooperativga qöşilişi natijasida uç ming-tört ming a’zo şakllangan. Natijada, mayda işlab çiqaruvçilar öşa qayta işlovçi korxonalar sotgan mahsulotidan ham ma’lum ma’noda öz foydasini olişga erişgan, qöşilgan qiymatdan foyda olişni boşlagan. Bu juda katta motivatsiya bergan işlab çiqaruvçiga.

Endilikda bizning klasterlarda ham imkoniyat bor, fermer bilan bemalol birlaşib bitta kooperativda işlaşi mumkin. Klasterlar uçun heç qanday çegara qöyilmagan, ular bemalol hududidagi fermerlar bilan bitta kooperativda bölişi mumkin. Bu yangi bir köriniş, ya’ni yangi bir tizim şakllanişiga olib keladi. Men öylaymanki, bu klasterlarga ham juda katta imkoniyat oçib beradi, ya’ni kooperativlarning şakllanişi va rivojlanişi ertaga kattaroq korporatsiyalarda birlaşişga olib keladi.

Bilasiz, viloyat doirasida katta-katta qayta işlovçi korxonalarimiz ham mavjud. Ğallaçilikda yoki paxtaçilikda beşta bosqiçga ega bölgan, törtta bosqiçdan ötib tayyor mahsulotgaça yetkazadigan zavodlarga ega korxonalar mavjud.

Dunyodagi eng yaxşi rivojlangan davlatlardan, Germaniya, Italiya, Amerika, Koreyadan kooperativlar böyiça andazalarni özlaştirdik va özimizga mos modul yaratdik.

Ş.Şaripov: Deylik, kooperativ paxta yetiştirdi, hosil tayyor böldi, sotiş masalasi kelib çiqadi...

S.Raşidov: Oddiy tajribadan oddiy qilib tuşuntiraman: bugungi kungaça köplab kooperativlar tabiiy ravişda şakllandi, fermerlar paxta yetiştirgan holda kooperativ sifatida röyxatga turib, saqlaş punktlarini tayyorlaşdi, özlarining tarozi va laboratoriyalarini örnatişdi. Paxtani saqlaydigan punktlar xavfsizlik talablariga javob beradigan holatga keltirildi.

Şundan söng Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Agroinspeksiya, qişloq xöjaligi bölimi va boşqa taşkilotlar kelib, kooperativning saqlaş punktini tekşirganlari va tayyorligini tasdiqlagaç, ular paxtani saqlaşga ruxsat oldilar. Endi ular öz paxtalarini erkin holda, ya’ni spot-şartnomalari va birja savdolari orqali ixtiyoriy tadbirkorlik sub’yektlariga sotişi mumkin. Bu Vazirlar mahkamasining 680-sonli qarorida ham belgilangan.

S.Qulmirzayev: Aynan bir muddatda sotiş talab etilmaydi. Misol uçun, saqlayotgan xomaşyosini bozordagi narxning kötarilişiga qarab xohlagan paytda sotiş mumkin va uni qayta işlab, qöşilgan qiymat qöşib sotiş mumkin. Deylik, paxtani tola sifatida, çigitini ajratib, qayta işlab, şrot va boşqa turdagi mahsulotlarni ham sotişi mumkin. “Dovaliçeskiy” tolani ham ip-kalava qilib sotişi mumkin. Xohlasa xomaşyo sifatida, xohlasa qayta işlab sotadi. Pul zaruratiga qarab.

K.Ikromov: Nega kooperativ, MÇJ emas degan savol tuğilişi mumkin. Mas’uliyati çeklangan jamiyat bilan kooperativning nima farqi bor, desa: kooperativda har bir a’zo özining bitta ovoziga ega, mas’uliyati çeklangan jamiyatda esa kim köproq uluş kiritgan bölsa, öşa asosiy ovozga ega. Masalan, 51 foiz uluş kiritgan odam asosiy qarorlarni qabul qiladi. Kooperativda esa bu demokratik prinsiplarga asoslangan bölgani uçun har bir a’zo yeridan yoki öşa qöşgan paybadalidan qat’i nazar bittadan ovozga ega. Mahsulotni kimga sotişni, masalan, özaro kelişgan holda ovoz beriş yöli bilan hal qilişadi.

S.Qulmirzayev: Keyingi bosqiçdagi eng muhim maqsadimiz – Özbekistondagi kooperativlarni xalqaro darajaga kötariş. Keyingi bosqiçda bizning kooperativlarimiz xalqaro kooperativlar alyansiga a’zo bölişi kerak. Xalqaro kooperativ alyansiga a’zo bölişning juda muhim sabablari bor: xalqaro moliya bozoridan arzon kreditlarni töğridan töğri jalb qiliş, jahon bozorida örin topiş, xalqaro alyanslar tomonidan berilayotgan imtiyozlardan foydalaniş va xalqaro grantlarni faoliyatga jalb qiliş.

Bu borada Qişloq xöjaligi vazirligi va tegişli vazirlik idoralari bilan muhim işlar amalga oşiriladi. Tegişli qonunosti hujjatlari qabul qilinadi va umuman mamlakatimizda qişloq xöjalik kooperativlari faoliyati jahon talablari asosida rivojlanişi uçun muhim tadbirlar amalga oşiriladi. Mazkur qonunning qabul qilinişi ham bir qadam oldinga siljiş böldi. Endi buning köngildagidek işlaşi yölida fermerlarning roli katta, ya’ni fermerlar öz ustidan işlab, qonunlar bilan tanişib, özlaştirişiga boğliq böladi.

Şokir Şaripov suhbatlaşdi.