Özbekistondagi yoqilği quyiş, gaz töldiriş va elektr quvvatlaş şoxobçalari haqida ma’lumot beruvçi “Avto24” ilovasi test sinovida işga tuşirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
“Sir emas, har yili kuz-qiş mavsumida avtomobil haydovçilar boşqalarga nisbatan köproq aziyat çekişadi. Ularning asosiy muammosi kunning sovuq paytlarida qayerda yoqilği quyiş yoki avtomobilini siqilgan hamda suyultirilgan gaz bilan töldiriş mumkinligini aniqlaştirişning imkonsizligida edi.
Va nihoyat endilikda bunday muammolarga barham beriladigan böldi”, – deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilişiça, “Avto24” ilovasi – har bir hududdagi eng yaqin yoqilği quyiş, avtomobilni siqilgan yoki suyultirilgan gaz bilan töldiriş va elektromobillar uçun quvvatlantiriş şoxobçalarini topiş, narxlarni taqqoslaş, borar manzili va vaqtini aniq rejalaştiriş imkonini beradi.
Ilovani Android va iOS ilovalari uçun bepul yuklab oliş mumkin.
“Avto24” ilovasi avtomobil egalariga hududlardagi barça yoqilği hamda quvvatlaş şoxobçalarini bitta xaritada tezda topiş, real vaqt rejimida hozirgi vaqtda mavjud yoqilğining narxi, zaxirasi va qulayliklari haqida aniq ma’lumotga ega böliş, elektromobil egalari uçun maxsus quvvatlaş punktlarining lokatsiyalarini aniqlaş singari imkoniyatlarni taqdim etadi.
Şuningdek, iste’molçilar ilova orqali özlariga ma’qul manzilning reytingini kötariş, yoqilği sifati hamda narxi haqida şarh qoldirişlari ham mumkin böladi.
Mobil ilova dasturi avtomatlaştirilgan holda yangilab boriladi”, – deyiladi xabarda.
Ta’kidlanişiça, ilova Energetika vazirligi va “Hududgazta’minot” AJ tomonidan işlab çiqilgan.
Ayni paytda, “Hududgazta’minot” gaz sarfi va xarajatlarini onlayn rejimda kuzatiş imkonini beruvçi “Hudud Gaz Ta'minot” ilovasini ham (Android











