Aleksandr Lukaşenko «ekstremizm» moddasi böyiça qamalgan 32 nafar Belarus fuqarosini afv etiş töğrisidagi qarorni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmatiga yaqin bölgan Telegramʼdagi «Pul pervogo» kanali xabar berdi.
Afv etilganlarning sakkiz nafari ayollar bölsa, 24 nafari — erkaklar. Ularning ismi oşkor etilmadi. Ta’kidlanişiça, mahkumlarning barçasi öz aybiga iqror bölgan, qilgan işidan puşaymonligini bildirgan va keçirim sörab murojaat qilgan.
«17 nafarida surunkali kasallik bor, bir nafari nogiron. Mahkumlarning 17 nafarining farzandi bor, ikki nafari — köp bolali. Afv etilganlarning töqqiz nafari — 50 yoşdan katta», deyiladi xabarda.
Sönggi oylarda Belarusda bir neça bor siyosiy mahbuslar ozod etildi. Xususan, 16 avgust kuni Lukaşenko 30 nafar mahbusni afv etgan bölsa, 4 sentabrda — 30 kişi, 16 sentabr — 37 mahkum, noyabr boşlarida esa 31 kişi ozodlikka çiqdi. Lukaşenkoning matbuot xizmati yuqoridagi barça holatlarda afv etilganlar ismini oşkor etmadi.
Oktyabr oxirlarida Aleksandr Lukaşenko belaruslik faol Mariya Kolesnikova afv etiş haqida murojaat qilsa, uni afv etiş masalasini körib çiqişga qarşi emasligini aytgandi.








