Ukraina Rossiyadagi nişonlarga zarba beriş uçun birinçi marta Britaniyaning uzoq masofali Storm Shadow raketalaridan foydalandi. Bu haqda The Guardian va Bloomberg manbalariga tayanib xabar berdi.

Britaniya boş vaziri Kir Starmerning matbuot kotibi bu ma’lumotga izoh berişdan boş tortdi.

Telegraph naşrining aniqlik kiritişiça, Kursk oblastidagi Maryino qişloği aholisi Storm Shadow raketasi parçalarini topgan. Ularning fotosuratlari, xususan, rossiyaparast «Dva mayora» telegram kanali tomonidan e’lon qilingan.

20 noyabr kuni tuşdan keyin Kursk oblasti gubernatori Aleksey Smirnov havo hujumidan mudofaa kuçlari Ukrainaning ikkita raketasini urib tuşirganini ma’lum qildi. U raketalar turiga aniqlik kiritmadi. «Dva mayora» telegram kanali Ukraina Qurolli kuçlari Kursk oblasti yönalişi böyiça 12 tagaça Storm Shadow raketalarini otganini da’vo qilmoqda.

20 noyabr kuni çop etilgan The Times gazetasining yozişiça, Buyuk Britaniya hukumatidagi yuqori martabali manbalar Ukrainaning Rossiyaga zarba beriş uçun Britaniyaning uzoq masofali Storm Shadow raketalaridan foydalanişiga oid AQŞ çeklovlari olib taşlanganiga «işora qilgan».

Avvalroq, Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Amerikaning uzoq masofali ATACMS raketalari bilan Bryansk oblastidagi harbiy obektga zarba yöllagani haqida xabar bergan edi. Ukraina tomoni bu xabarni tasdiqlamadi, ammo prezident Volodimir Zelenskiy öz Qurolli kuçlarida bunday raketa borligini va undan foydalanişi mumkinligini aytdi.