Vladimir Putin Rossiya qöşinlari örta masofaga möljallangan yangi turdagi «Oreşnik» ballistik raketasini sinovdan ötkazganini ma’lum qildi. Bu haqda u 21 noyabr kuni e’lon qilingan murojaatida ta’kidlab ötdi.

Putinning sözlariga köra, Rossiya Dneprdagi mudofaa sanoati kompleksi obektiga yadroviy bölmagan gipertovuşli ballistik raketa bilan zarba bergan.

Şuningdek, Rossiya prezidentining ta’kidlaşiça, «Oreşnik» raketalariga qarşi turadigan vositalar hozirda mavjud emas. «Raketalar 10 max tezlikda nişonga zarba beradi, bu soniyasiga 2,5-3 kilometr degani. Dunyoda mavjud zamonaviy havo hujumidan mudofaa vositalari va amerikaliklar Yevropada yaratayotgan raketalarga qarşi mudofaa tizimlari bu turdagi raketalarni tutib qola olmaydi», — deydi Putin.

RF prezidentining ma’lum qilişiça, Rossiya uşbu sinovni Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) 19 va 21 noyabr kunlari Bryansk hamda Kursk oblastlaridagi nişonlarga ATACMS hamda Storm Shadow raketalari yordamida uyuştirilgan hujumga javob tariqasida amalga oşirgan. Putinning aytişiça, UQK hujumi vaqtida Kursk oblastidagi qömondonlik punktidagilar orasida halok bölgan va yaralanganlar bor, Bryansk oblastiga hujumda esa heç kim jarohatlanmagan.

Putin «Oreşnik»ning qöllanişini AQŞ örta va kiçik masofaga möljallangan raketalarni işlab çiqariş hamda joylaştirişni rejalaştirayotganiga javob deb atadi.

Rossiya Qurolli kuçlari 21 noyabr kuni tongda Dnepropetrovsk oblastiga bir neça xil raketalar, xususan, qit’alararo ballistik raketa bilan zarba berdi, deya ma’lum qilgandi Ukraina havo kuçlari. Bu – tarixda ilk marta qit’alararo ballistik raketadan harbiy maqsadlarda foydalaniş holati böldi.