Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 21 noyabr kuni amaliy taşrif bilan mamlakatda bölib turgan Rossiya Federatsiyasi boş prokurori Igor Krasnovni qabul qildi.
Ikki tomonlama keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini oliy darajada erişilgan kelişuvlarga muvofiq rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.
Terrorizm, ekstremizm, kiberjinoyatlar, korrupsiya va noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş sohalarida, jinoiy aktivlarni qaytariş, sun’iy intellektni joriy etiş va raqamlaştiriş borasida boş prokuraturalar örtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Mamlakatlar prokuratura idoralari örtasida yaqin muloqotni yölga qöyiş, özaro aloqa va almaşinuvlarni kengaytiriş, qöşma tadbirlar ötkaziş zarurligi ta’kidlandi.












