Poytaxtning Şayxontohur tumani iste’molçilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlaşni yaxşilaş maqsadida Çilonzor tumanining Beşyoğoç köçasi böylab 110 kilovattli yuqori kuçlanişli yerosti elektr uzatiş kabel tarmoqlarini ötkaziş işlari davom etmoqda, deb xabar beradi «Toşkent şahar elektr tarmoqlari».

Qayd etilişiça, mazkur işlar ma’lum hududda yöl qoplamasini demontaj qiliş işlari olib borilişini taqozo qiladi. Şu sababli, joriy yilning 22 noyabr kuni soat 00:00 dan 10 dekabr kuniga qadar:

  • Furqat köçasining Beşyoğoç maydonidan Seul köçasi kesişmasigaça bölgan bir tomonlama yönalişi;
  • Beşyoğoç köçasining Furqat, Afrosiyob va Islom Karimov köçalari kesişmalari oraliğidagi qismida ikki tomonlama yönaliş barça harakat iştirokçilari uçun çeklanadi.

«Yuzaga kelişi mumkin bölgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz. Körsatilgan davr mobaynida harakat iştirokçilaridan boşqa muqobil yöllardan foydalanişlarini tavsiya etamiz», — deyiladi xabarda.