Donald Tramp AQŞ boş prokurori lavozimiga yangi nomzodni tanladi. Avvalgi nomzod — kongressmen Mett Gets giyohvand moddalar iste’mol qilişda va voyaga yetmaganlar bilan aloqada ayblangani sabab öz nomzodini çaqirib olgandi.
Yangi nomzod Floridaning sobiq boş prokurori 59 yoşli Pen Bondi bölib, u mazkur lavozimda 2011 yildan 2019 yilga qadar faoliyat yuritgan (va bu lavozimga tayinlangan birinçi ayol hamdir).
2019 yili Trampning hokimiyatni suiiste’mol qiliş ayblovlari böyiça birinçi impiçmenti paytida Pem Bondi uning advokatlaridan biri bölgan. U boşqa jinoiy işlarda ham Trampni qöllab-quvvatlaşga kelgan va mazkur işlarni yuritgan prokurorlarni tanqid qilgan. Şuningdek, Bondi Tramp administratsiyasining sobiq xodimlari tomonidan asos solingan America First siyosat institutida huquq va adliya bölimi raisdoşlaridan hisoblanadi.
Bondi Trampning eski tarafdorlaridan. Yangi saylangan prezident Truth Social ijtimoiy tarmoğiga Bondini uzoq yillardan beri bilişini va prokuror lavozimida u «jinoyatçilarga qarşi juda qattiq» turganini va köçalarni Florida aholisi uçun xavfsizga aylantirgani haqida yozib qoldirdi. «Partiyaviy Adliya vazirligi juda uzoq vaqt men va boşqa respublikaçilarga qarşi qurol bölib keldi — endi bunday bölmaydi. Pem Adliya vazirligini yangi vazifalarga — jinoyatga qarşi kuraşiş Amerikani yana xavfsiz qilişga qaratadi», — deb yozadi Tramp.
13 noyabr kuni Tramp Vakillar palatasining Respublikaçilar partiyasidan a’zosi Mett Getsni boş prokuratura va AQŞ Adliya vazirligi rahbari lavozimiga nomzod qilib körsatdi. Saylangan prezident fikriça, Gets Amerika çegaralarini himoya qilib, «jinoiy guruhlarni yakson etadi va amerikaliklarning Adliya vazirligiga singan işonçini tiklaydi».
2021 yilda AQŞ Adliya vazirligi Getsni jinsiy qullik maqsadida odam savdosi bilan şuğullanişda ayblab, tergov boşlagan. Kongressmen 17 yoşli qiz bilan jinsiy aloqa qilişda va özi bilan safarlarda birga yurişi uçun pul tölaşda gumon qilgan. U bu ayblovlarni rad etgan. 2023 yil fevralida vazirlik tergovni yakunlagan hamda unga qarşi ayblovlar qöymagan. The Washington Post ma’lumotiga köra, ayblov tomoni iş böyiça ikki asosiy guvohning körsatmalarini şubhali deb topgan.
21 noyabr kuni Gets öz nomzodini çaqirib olişini e’lon qildi. Uning aytişiça, özi atrofidagi maşmaşalar «Tramp va Vens jamoasi e’tiborini muhim işlardan asossiz çalğitadi».












