Isroil Eron tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi «Hizbulloh»ga hujumlarini davom ettirmoqda. Şanba kungi zarbalar nişoni guruhning taşqi xavfsizlik xizmati rahbari bölgani aytilmoqda.

Livan Yangiliklar milliy agentligi ma’lumotiga köra, Bayrutdagi markaziy Basta rayoni böylab kamida beşta raketa uçirilgan.

Foydalanilgan qurollar bunkerlarni ham yöq qilişga möljallangan bölib, zarba joyida çuqur öra hosil bölgan, deb xabar qiladi agentlik.

«Zarba şu qadar kuçli ediki, bino boşimiz ustiga qulaydigandek tuyulardi», — degan AFP agentligi bilan suhbatda vayron bölgan bino yaqinida yaşovçi 60 yoşli Samir.

Zarba mahalliy vaqt bilan ertalabki soat tört atrofida berilgan.

Samirning sözlariga köra, u rafiqasi va ikki farzandi bilan uydan çopib çiqqan: «Biz yerda yotgan ikki jasadni kördik... Bolalar yiğlay boşladi, ularning onasi esa yanada qattiqroq yiğlardi».

Isroillik harbiylar hujum haqida oldindan ogohlantirmagan va mahalliy aholini xavfsiz joylarga yaşirinişga çaqirmagan. Bungaça ham Isroil «Hizbulloh» guruhiga aloqador hududlarga ogohlantirişlarsiz hujum qilganida guruhning yuqori martabali a’zolarini nişonga olgan bölardi.

Bu safar ham şunday mulozimlardan kimdir halok bölgani hozirça noma’lum. Isroil rasmiy şaxslari hozirça hodisa yuzasidan izoh bermadi.

Qutqaruv xizmatlari zarba joyida tozalaş işlarini davom ettirmoqda, şu tufayli qurbonlar soni ortişi mumkinligi istisno etilmaydi. Livan soğliqni saqlaş vazirligi qurbonlar şaxsiga aniqlik kiritiş uçun DNK testlaridan foydalanilişini ma’lum qilgan.

Tungi zarba Isroil hafta davomida Bayrut markaziga yöllagan törtinçi zarba böldi. Oxirgi raketa zarbasi ortidan Isroil kuçlari Bayrutning «Hizbulloh» tayançi hisoblanadigan janubiy çekkalariga ham zarba berişni davom ettirgan. Bu holatda Isroil mudofaa armiyasi Bayrutning janubiy hududlari aholisiga evakuatsiya haqida ogohlantiriş yuborgan.

Isroil v «Hizbulloh» örtasidagi harbiy harakatlar guruh 2023 yil 8 oktyabrda, Hamas Isroil janubiga hujum qilişidan bir kun ötib Isroilning şimoliy hududlariga raketa uçirişi bilan boşlangandi.

Uşbu qarama-qarşilik 2024 yil 30 sentabrda, Isroil «Hizbulloh»ning qurollari va infratuzilmasini yöq qiliş maqsadida Livan janubiga bostirib kirişi bilan (isroillik harbiylar bu «çeklangan, lokal va aniq maqsadli reydlar» bölişini bildirgan) yangi bosqiçga çiqdi.