Rossiyaning «Janub» qöşinlar guruhi qömondoni, general-polkovnik Gennadiy Anaşkin Seversk yönalişidagi vaziyat tufayli öz lavozimidan olingan. Bu haqda dastlab harbiy muxbirlar hamda uruş tarafdori bölgan Z-kanallar mualliflari öz manbalariga asoslanib xabar tarqatdi, keyinroq RBK naşrining RF mudofaa vazirligidagi manbasi uşbu ma’lumotni tasdiqlab, bu özgariş «rejali rotatsiya» doirasida amalga oşirilganini ma’lum qildi.
Anaşkin lavozimidan olingani haqida harbiy muxbir Yuriy Kotenok, harbiy bloger Kirill Fedorov, şuningdek, «Voyennyy osvedomitel» va «Rybar» telegram-kanallari birinçilardan bölib xabar tarqatgandi.
Fedorovning ma’lumotiga köra, iste’fo sababi «dezinformatsiya va qömondonlikni çalğitiş» bölgan. Uning qayd etişiça, avvalroq ham «aholi yaşaş punktlari faqat xaritada egallangan» uşbu yönalişda brigada komandirlari işdan olingani bilan boğliq ma’lumotlar kelgandi. Kotenok ham Anaşkin işdan olinişini «oliy qömondonlikka haqiqiy holat böyiça haqiqatni yetkazişni istamaslik» bilan izohlagan.
«Rybar» telegram-kanali muallifi yozişiça, «Janub» guruhi qömondonligi almaşişi çindan ham Seversk yönalişidagi muammolar oqibati bölgan. U bir neça aholi yaşaş punktlari nomini sanagan — Belogorovka, Grigorovka, Serebryanka, Zolotarevka, Verxnekamenskoye, Viyemka — bular «yolğon va behuda yöqotişlar sinonimi»ga aylangani qayd etilgan.
Rossiya mudofaa vazirligi sönggi vaqtlarda öz hisobotlarida muntazam ravişda «Janub» qöşinlari guruhi «raqib mudofaasi içkarisiga harakatlanayotgani» va «Rybar» keltirgan aholi yaşaş manzillarida ham Ukraina qurolli kuçlariga oğir zarbalar berayotgani haqida xabar qilgandi.
Rossiya mudofaa vazirligi Anaşkin tayinlangani haqida ham, işdan olingani haqida ham rasman xabar bermagan.
Gennadiy Anaşkin Ryazan 1993 yilda oliy havo-desant qömondonligi öquv yurtini tamomlagan, HDQ qismlarida xizmat ötagan, 2008 yilda Gurjistondagi harbiy harakatlardagi iştiroki tufayli Rossiya Federatsiyasi qahramoni unvonini olgan.
2024 yil bahoriga qadar Anaşkin 8-gvardiya umumqöşin armiyasiga qömondonlik qilgan. Kreml saytida may oyida e’lon qilingan xabardan u 2024 yil may oyida Janubiy harbiy okrug qömondoni vazifasini bajaruvçi etib tayinlanganini biliş mumkin. Bungaça uşbu lavozimni general-polkovnik Sergey Kuzovlev egallab turgandi, keyinroq u Moskva harbiy okrugi qöşinlari qömondoniga aylangan.









