Livanning «Hizbulloh» harakati Livandan Isroil şimoli va markaziga 250 ga yaqin raketa otdi. Bu haqda 24 noyabr, yakşanba kuni Isroil Mudofaa armiyasi (TSAHAL) ma’lum qildi.
Harakat vakillari, öz navbatida, birinçi marta Isroil janubidagi Aşdod harbiy-dengiz bazasiga «hujumkor uçuvçisiz uçoqlar yordamida» havo hujumini amalga oşirganliklarini aytişdi. «Hizbulloh»ning bildirişiça, raketalar va hujumkor uçuvçisiz uçoqlar Tel-Avivdagi «harbiy nişonga» ham zarba bergan. Bundan taşqari, Isroilning Tel-Aviv çekkasidagi Glilot harbiy razvedka bazasiga raketa zarbasi berildi.
Isroil harbiylari aniq nişonlar haqidagi ma’lumotga izoh bermadi.
AFP agentligining tibbiyot muassasalariga tayanib xabar berişiça, kamida 11 kişi jarohatlangan, jumladan, bir erkak - turli manbalarga köra, uning ahvoli «oğir» yoki «örtaça» deb baholangan.
Tel-Aviv yaqinidagi Petah-Tikvadan olingan kadrlarda şikastlangan va yonib ketgan maşinalar, şuningdek, vayron bölgan uy aks etgan.
Livan armiyasi markaziga hujum
Ayni paytda, AP agentligiga köra, Isroilning Livan armiyasi markazlaridan biriga bergan zarbasi natijasida bir askar halok bölgan, yana 18 nafari yaralangan.
Isroil harbiylari voqeadan afsusda ekanini aytib, zarba «Hizbulloh»ga qarşi jangovar zonada amalga oşirilgani va dastlab Livan harbiylari emas, balki harakat jangçilari nişonga olinganini ma’lum qildi. Hodisa tahlil qilinmoqda, deya qöşimça qildi TSAHAL.
Isroil va «Hizbulloh» örtasidagi töqnaşuvlar boşlanganidan beri Isroilning zarbalari natijasida 40 dan ortiq Livan askari halok böldi, deb eslatadi AP.
Borrel YeIning Isroil bilan muloqotini töxtatişni taklif qildi
Yevropa Ittifoqining taşqi işlar böyiça oliy vakili Jozep Borrel Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga Isroil bilan muntazam siyosiy muloqotni töxtatişni taklif qilmoqda. Bunga asos sifatida mustaqil xalqaro taşkilotlarning ilgari e’lon qilingan hisobotlarida Isroil inson huquqlari va xalqaro gumanitar qonunlarni buzayotgani ta’kidlangan, dedi Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi vakillari 13 noyabr kuni keçqurun dpa'ga.
Agentlik, şuningdek, YeI boş diplomatining oğzaki e’lon qilgan taşabbusi YeIga a’zo davlatlar taşqi işlar vazirlarining 18 noyabr kuni bölib ötadigan navbatdagi yiğilişida muhokama qilinişini ma’lum qildi. Isroil bilan siyosiy muloqot 2000 yilda tuzilgan Assotsiatsiya şartnomasi deb ataladigan hujjat bilan tartibga solinadi. Unda boşqa narsalar qatori, tomonlar örtasidagi munosabatlar inson huquqlari va demokratiya tamoyillariga hurmatga asoslanganligi belgilab qöyilgan.









