Isroil hukumati «Hizbulloh» bilan Livanda öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvni ma’qulladi, deb xabar bermoqda Ynet va CNN öz manbalariga tayanib.
CNN suhbatdoşining sözlariga köra, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu «umuman olganda» ehtimoliy kelişuvni qöllab-quvvatlagan. Isroilda hamon kelişuvning ayrim jihatlari böyiça e’tiroz bor, bu haqda 25 noyabr kuni Livan rasmiylariga ma’lum qilinişi kutilmoqda.
Netanyahuning avvalgi bayonotlarida, u «Hizbulloh» tahdidi töliq bartaraf etilmagunça, bir tomonlama öt oçişni töxtatişga qarşi ekani ta’kidlangandi.
Şuningdek, kelişuv Isroil vazirlar kabineti tomonidan ham tasdiqlanişi lozim.
Ynet qayd etişiça, Isroil öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvni muhokama qilişi «Hizbulloh» tomonidan Isroil böylab 255 snaryad uçirişi bilan bir vaqtga töğri keldi. Naşr ma’lumotiga köra, AQŞning Yaqin Şarqdagi maxsus vakili Amos Xoxşteyn Livanni Isroil sulhga roziligi töğrisida xabardor qilgan. Şu bilan birga, u ikki tomonni ham, agar kelişuvga erişilmasa, AQŞ muzokaralarda vositaçi sifatidagi iştirokini töxtatişidan ogohlantirgan.
Axios ma’lumotiga köra, kelişuv loyihasi 60 kunlik ötiş davrini öz içiga oladi, bu vaqt mobaynida isroillik harbiylar Livan janubidan olib çiqilişi, Livan armiyasi çegara böylab joylaştirilişi, «Hizbulloh» öz oğir qurollarini Litani daryosidan şimolga olib ketişi kerak böladi. Şuningdek, AQŞ rahbarligida uşbu taşabbuslar amalga oşirilişini nazorat qiliş böyiça qömita tuzilişi közda tutilgan.
Sentyabr oyi oxirida Isroil «Hizbulloh» bilan aloqador obektlarni öqqa tutişni davom ettirgan holda Livan hududiga «çeklangan» bosqin boşlaganini e’lon qilgandi. Isroil mudofaa armiyasi bayonotida bu amaliyotdan maqsad — «„Hizbulloh“ning isroilliklarni öldirişga qaratilgan infratuzilmalarini yöq qiliş» ekani aytilgan. Livan soğliqni saqlaş vazirligi zarbalar va Isroil armiyasi bosqini natijasida halok bölgan livanliklar soni 3,5 mingdan oşganini ma’lum qilgan.









