Buxoroda gaz portlashi: bir oiladan 2 kishi vafot etdi, 2 kishi kuyish jarohatini oldi
17 noyabr kuni Jondor tumanidagi xonadonlardan birida yuz bergan gaz portlashi oqibatida oilaning 4 nafar a’zosi kuyish jarohatini olgan. Oqibatda 41 yoshli ota va ona vafot etgan bo‘lsa, ularning qizlari kuyish jarohatini olgan.

Foto: BUKHARA NEWS
Shu yilning 17 noyabr kuni Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi qishloqlardan biridagi oilada gaz portlashi yuz bergan. Baxtsiz hodisa erta tongda – soat 5:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. Bu xabarni Kun.uz'ning bir-biridan mustaqil ikki manbasi tasdiqladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida oilaning 4 nafar a’zosi: er-xotin va ularning ikki nafar qizi kuyish jarohatini olib, RShTYoIM Buxoro filialiga olib borilgan. Ota va ona 75 foizdan yuqori kuyish jarohatlari oqibatida vafot etgan. Qizlarning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. Oilaning yana 2 nafar o‘g‘il farzandi jarohat olmagan.
Holat yuzasidan FVV va Hududgazta’minot matbuot xizmatlari bilan bog‘landik. Ular holatni o‘rganib, rasmiy izoh berishini ma’lum qildi.
Bosh prokuraturaga ko‘ra, Buxoroda sodir bo‘lgan holat yuzasidan 22 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
- Shu yilning 22 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida ko‘ngilsiz hodisa yuz berib, gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 a’zosi vafot etgani ma’lum qilingan edi.
- Shuningdek, 21 oktyabr kuni Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi xonadonlardan birida 4 kishi gazdan zaharlanib vafot etgan, oilaning yana 4 nafar a’zosi kasalxonaga yotqizilgan edi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston va Pokiston munosabatlari taranglashdi
Jahon | 02:00
-
Amerikalik sobiq kongressmen Jorj Santos firibgarlik uchun yetti yilga qamaldi
Jahon | 01:32
-
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin
Jahon | 00:41
-
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi
Jahon | 23:42 / 25.04.2025
Mavzuga oid

09:47 / 22.04.2025
Buxoroda xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

11:32 / 19.04.2025
Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola ukoldan so‘ng vafot etdi

11:40 / 16.04.2025