Boltiq va Şimoliy Yevropa davlatlari Rossiyadan kelayotgan tahdidlardan himoyalaniş uçun Boltiq dengizida harbiy-dengiz politsiyasini tuzişi kerak. Bu haqda Polşa boş vaziri Donald Tusk ma’lum qildi.

Uning eslatişiça, Ukrainadagi uruş fonida NATO davlatlari xavfsizlik sohasida qöşma harakatlarni qabul qilmoqda. Xususan, ular Boltiq davlatlari havo makonida muntazam nazoratni olib borayotgan havo politsiyasi missiyasini taşkil etgan.

«Gap Boltiq suvlaridagi xavfsizlik va nazorat haqida ketganida men öz şeriklarimizni «harbiy-dengiz partuli» kabi formulani zudlik bilan işlab çiqiş kerakligiga çaqiraman», — deydi Tusk.

Boş vazirning ta’kidlaşiça, u öz taklifini Şvetsiyada bölib ötadigan Boltiq va Şimoliy Yevropa davlatlari hukumatlari rahbarlari uçraşuvida ilgari suradi. Muzokaralar davomida boş vazirlar mintaqaviy xavfsizlik böyiça hamkorlikni muhokama qiladi va Ukrainadagi uruş bilan boğliq siyosatni muvofiqlaştiradi.

Noyabr örtalarida Boltiq dengizi tubidan ötgan ikkita telekommunikatsiya kabeli uzilgan. Ulardan biri Litva Şvetsiyani, ikkinçisi esa Finlandiya va Germaniyani boğlab turgan. Mazkur holatlar AQŞ Rossiya harbiylari Boltiqdagi muhim suvosti kabellari atrofida faolligini oşirgani töğrisidagi ogohlantirişidan ikki oy ötib sodir bölgan. Amerikalik amaldorlarning ma’lum qilişiça, RF Mudofaa vazirligi NATO davlatlarining muhim aloqa infratuzilmalariga şikast yetkazişga qaratilgan maxsus bölinmalarni tayyorlamoqda.