Rossiya Markaziy banki 28 noyabrdan 2024 yil oxiriga qadar içki valuta bozorida çet el valutasi xaridini töxtatadi.

Regulyator press-relizida aytilişiça, uşbu qaror «moliyaviy bozorlarning özgaruvçanligini kamaytiriş maqsadida» qabul qilingan. Şu bilan birga, RF Markaziy banki Milliy farovonlik jamğarmasi mablağlarini töldiriş va ulardan foydalaniş doirasida çet el valutasini sotiş böyiça operatsiyalarni davom ettiradi.

Içki valuta bozorida faoliyatni qayta tiklaş töğrisidagi qaror regulyator tomonidan «moliya bozorlaridagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda» qabul qilinadi. «Keçiktirilgan xaridlar 2025 yil davomida amalga oşiriladi», — deyiladi bank xabarida.

Rubl kursi 2024 yil avgustdan boşlab sezilarli darajada kuçsizlana boşladi. 27 noyabr kuni u dollar va yevroga nisbatan 9 foizga arzonlaşdi. Forex birjadan taşqari valuta bozorida yevro kursi 120 rubldan, dollar kursi esa 114 rubldan oşdi — bu 2022 yilning martidan birinçi marta kuzatilmoqda. RF Markaziy banki press-relizi e’lon qilinganidan keyin rubl nisbatan mustahkamlanişni boşlagan.

Markaziy bank tomonidan örnatilgan yevroning rasmiy kursi 113 rublni, dollar kursi esa 108 rublni taşkil etadi.