Rossiyada mudofaa sanoatida işlaş uçun işçilar yetarli emas. Davlat dumasi nazorat qömitasi raisi Oleg Morozovning 27 noyabr, çorşanba kuni ma’lum qilişiça, ayrim hisob-kitoblarga köra, yaqin kelajakda Rossiya mudofaa korxonalarida kadrlar yetişmovçiligi taxminan 400 ming kişini taşkil qiladi. U buni birinçi navbatda uşbu sohaga zarur bölgan muhandislik mutaxassislarining yetişmasligi bilan boğladi. Qömita yiğilişida sözga çiqqan Morozov sönggi ön yilliklarda muhandislik mutaxassislarining taqçilligi yuzaga kelganini ta’kidladi. Bu holatni özgartiriş, yoşlarni muhandislik kasblariga jalb qiliş çoralarini köriş zarurligini qöşimça qildi.
Mehnat vazirligi rahbari Anton Kotyakov avvalroq mehnat bozorida kadrlar tanqisligi mavjudligini tasdiqlagan edi. Uning sözlariga köra, ayniqsa, malakali işçilar yetişmaydi. Vazirlik ma’lumotlariga köra, 2030 yilga borib kadrlarga bölgan ehtiyoj kamida 2,4 million kişini taşkil qiladi. Bu esa malakali mutaxassislar tayyorlaş bilan boğliq vaziyatni yaxşilaş böyiça faol harakat qilişni taqozo etadi.
2022 yilning fevralida Ukrainaga töliq miqyosda bostirib kirganidan beri Rossiya harbiy işlab çiqarişni keskin oşirdi. 2025 yilgi Rossiya budjeti loyihasida harbiy xarajatlar uçun 13,5 trillion rubl ajratiş rejalaştirilgan, bu yalpi içki mahsulotning 6,31 foiziga töğri keladi. Biroq, Rossiya harbiy-sanoat kompleksiga buyurtmalarni bajarişda resurslar va imkoniyatlar, jumladan, işçi kuçining yetişmasligi tösqinlik qilmoqda.








