Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimini joriy qilişni rejalaştirmayapti. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vazirligining MDH davlatlari böyiça uçinçi departamenti direktori Aleksandr Sternik ma’lum qildi.
«Bizdagi ma’lumotlarga köra, bu kutilmayapti», dedi u.
Sternik sözlariga köra, viza rejimini joriy etiş böyiça muzokaralar «siyosiy elitaning alohida vakillari» tomonidan olib borilmoqda, biroq hozirça bu borada aniq taklif bildirilmagan.
Uning qöşimça qilişiça, hozirgi şaroitda vakolatli organlar orqali iş faollaşgan, şuningdek, Rossiyaga kirib kelayotgan çet el fuqarolari bilan Rossiyadagi hayotga osonroq moslaşişi uçun işlaş darajasi oşgan.
Sternikning ta’kidlaşiça, «bir qator mamlakatlarda rasmiylar hali hammani iş bilan ta’minlay olmaydi».
«Şuning uçun mehnat migratsiyasi obektiv talab qilinadigan jarayon bölib, birinçi navbatda barça fuqarolarini iş bilan ta’minlaşga qodir bölmagan davlatlar manfaatlariga javob beradi. Ammo, şu bilan birga, agar migratsiya hamkorligi şaffof, sivilizatsiyalaşgan asosga qöyilsa, Rossiya iqtisodiyotiga ta’siri juda sezilarli böladi», deb tuşuntirdi u.
Sternik noqonuniy migratsiyani har ikki tomon uçun ham qiyinçilik deb atadi.
«Öylaymizki, Markaziy Osiyo davlatlari ham, Rossiya ham migratsiya böyiça hamkorlik sohasida «kulrang» zonalarni yöq qilişdan birdek manfaatdor. Çunki aniq qoidalarga rioya qiliş orqali bizga kelayotgan xorijliklarga bir tomondan, firibgarlardan saqlaniş imkonini beradi, boşqa tomondan, ularning Rossiya hududida bölişining qonuniyligi ta’minlanadi, şuningdek, qöllab-quvvatlaşning zarur ijtimoiy-huquqiy şakllaridan foydalaniş imkoniyati paydo böladi», dedi Taşqi işlar vazirligi departamenti direktori.








