Isroil va “Hizbulloh” öt oçişni töxtatişga kelişib oldi. Isroil yaqin 60 kun içida Livan hududidan qöşinlarini olib çiqib ketişi kerak. Xöş, 58 kun davom etgan Isroil–“Hizbulloh” uruşi nega boşlangan edi? Tomonlar öz maqsadlariga qançalik erişdi? Kun.uz “Geosiyosat” dasturiga siyosiy tahlilçilar Şavkat Ikromov va Kamoliddin Rabbimovni taklif etdi.

— “Hizbulloh” Isroilning Ğazodagi uruşi sabab bu mojaroga aralaşgan edi. Bugun “Hizbulloh” öz maqsadiga qançalik erişdi?

Şavkat Ikromov: Ğazoda uruş boşlangandan keyin, Hamasni qöllab-quvvatlovçi sifatida “Hizbulloh” maydonga çiqqan edi. Eron ham qöllab-quvvatlovçi sifatida bu uruşda iştirok etdi. Natijada 2024 yil sentabrining ikkinçi yarmida Isroil Livan hududidagi “Hizbulloh” obektlariga doimiy zarbalar berişni boşladi va uruş Ğazodan taşqariga çiqib ketdi.

Uruş Livanning janubi böylab juda tezkor va şiddatli tarzda davom etdi. Isroilda uruşni uzoq vaqt davom ettiriş uçun imkoniyat emasdi, imkon qadar qisqaroq vaqt içida “Hizbulloh”ni taslim qilişi kerak edi. “Hizbulloh” ham qarşi hujumlarga ötdi, bir neça marta Tel-Avivga raketalar uçirişga muvaffaq böldi. Isroil armiyasiga ma’lum zarar yetkazdi. Şu bilan birga, Livandagi tinç aholi katta yöqotişlarga duçor böldi. Livan Soğliqni saqlaş vazirligidagi ma’lumotlarga köra, uruş natijasida uç mingga yaqin tinç aholi vafot etgan. 800 mingdan ortiq odam özining doimiy turar joylarini taşlab ketgan.

“Hizbulloh” biror bir natijaga erişa olgani yöq. Qöşma Ştatlardagi saylovlarda Donald Trampning saylangani ma’lum bölgandan keyin, Isroil mudofaa vaziri “Hizbulloh” töliq kuçsizlantirilgani haqida bayonot bilan çiqdi. Undan avvalroq esa Hamas haqida ham xuddi şunday degandi. Öşanda biz “Hizbulloh” va Isroil sulhga yaqin kelayotgani haqida aytgan edik va mana, hozir bu vaqtinça bölsa ham amalga oşdi.

Kamoliddin Rabbimov: “Hizbulloh”ning uruşdan közlagan asosiy maqsadi – Isroilga maksimal darajada zarar yetkaziş edi, lekin u bunga tölaqonli erişgani yöq. 2023 yil 7 oktyabr kuni Isroil “Hizbulloh”ga uruşga aralaşgan taqdirda Livanni butunlay xonavayron qiliş bilan tahdid qilgandi. Bu yerda bir qança omillar kesişdi. Birinçidan, bu vaqtda Eron hokimiyati özgardi va mamlakatda Ğarb bilan kelişuv hamda uruş eskalatsiyasidan çekiniş masalasi kun tartibiga kötarildi. Ikkinçidan, Isroil manipulyatsiyadan foydalandi, ya’ni avvaliga bor kuçini Hamasni vayron qilişga qaratib, ma’lum darajada maqsadiga erişganidan söng, kuçlarini “Hizbulloh” tomonga burdi. Uçinçidan, Isroil özining ön yillar davomida töplangan razvedka ma’lumotlaridan foydalanib, “Hizbulloh”ning asosiy liderlarini yöq qildi.