Amerikaning Kaliforniya ştatidagi köl juda qimmatli elementning «hayratlanarli» miqdoriga, ya’ni «oq oltin» deb ataladigan litiy zaxiralariga ega. Bu haqda ulkan Salton-Si kölida olib borilgan va AQŞ Energetika vazirligi tomonidan moliyalaştirilgan tadqiqotda aytiladi.

Ilgari suv ombori tubida 4 million tonnaga yaqin litiy borligi taxmin qilingan edi, biroq ötgan yili u yerda aslida 18 million tonna bölişi mumkinligi aniqlandi.

Qayd etilişiça, bu miqdor elektromobillar uçun 382 milliondan ortiq akkumulyatorni quvvatlantiriş uçun yetarli böladi. Şunday qilib, yangi kaşfiyot Kaliforniya konining dunyodagi eng kattasi ekanligini körsatadi.

Ta’kidlanişiça, bir tonna litiy narxi taxminan 29 ming dollarga teng ekani hisobga olinsa, Salton-Si tubida 540 milliard dollarlik mahsulot yotibdi.

Tadqiqot mualliflaridan biri, Kaliforniya universiteti geokimyo professori Maykl MakKibben «bu dunyodagi eng yirik litiy konlaridan biri» ekanini ta’kidladi.

«Bu Qöşma Ştatlarni litiy bilan töliq ta’minlaşi va uni Xitoy orqali import qilinişini töxtatişi mumkin», deb işontirdi tadqiqotçi.