Oğir iqtisodiy vaziyat va köplab tovarlarga bölgan talabning kamligi Yevropa kompaniyalarini yangi xodimlarni yollaşdan çeklamoqda yoki işdan böşatişlarga olib kelyapti.
Norvegiyaning DNB kreditori foiz stavkalarining pasayişi va raqobatning kuçayişiga tayyorgarlik köriş uçun olti oyda 500 nafar iş örnini qisqartirişini ma’lum qildi. Ispaniyaning Santander banki esa Britaniyadagi bölinmasining 1,4 mingdan ortiq xodimi işdan böşatilişini ma’lum qildi. UniCredit kompaniyasi bölsa kasaba uyuşmalari bilan 1000 nafar xodimni öz xohişi bilan işdan böşatiş va 500 nafar yangi işçini yollaşga kelişib oldi.
Avtomobil ehtiyot qismlarini yetkazib beriş böyiça dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblangan Bosch 2027 yil oxiriga qadar 3,5 ming iş örnini qisqartirmoqçi. Fransiyaning Michelin şina işlab çiqaruvçisi mamlakat ğarbidagi ikkita zavodini yopadi — bu 1250 nafar xodimni işsiz qoldiradi. Avtomobil ehtiyot qismlarini işlab çiqaruvçi Germaniyaning Schaeffler zavodi 4,7 mingta iş örnini qisqartiriş, Avstriya va Buyuk Britaniyadagi ikkita zavodini yopiş rejalarini ma’lum qildi.
Stellantis avtokonserni Angliya janubidagi Vauxhall furgonlar zavodini yopmoqçi — bu 1000 dan ortiq iş örni qisqarişini anglatadi. Fransiyaning Valeo avtomobil ehtiyot qismlarini yetkazib beruvçisi esa Yevropada mingga yaqin iş örnini qisqartiradi.
Şvetsiyaning Northvolt akkumulyator işlab çiqaruvçisi 1,6 ming xodimini işdan böşatiş rejasi bilan bölişdi. Thyssenkrupp pölat quyiş bölinmasi 2030 yilga borib 5 ming iş örnini qisqartiradi.
Fransiyaning Auchan supermarketlar tarmoği öz dökonlarida trafik tuşib ketgani fonida 2 mingdan ortiq xodimini qisqartiradi. Şvetsiyaning Husqvarna boğdorçilik uskunalari işlab çiqaruvçisi esa iste’mol harajatlari çeklangani tufayli 400 ga yaqin xodimi bilan hayrlaşadi. Şuningdek, Telia telekom-operatori 2024 yilda 3 mingga yaqin iş örnini qisqartirişni rejalaştirgan.
Airbus aerokosmik guruh 2026 yil örtalariga borib Defence and Space bölinmasidagi 2,5 mingga yaqin xodimini işdan böşatmoqçi ekanini ma’lum qildi. Norvegiyaning neft, gaz va qayta tiklanuvçi energiyalar işlab çiqaruvçi Equinor kompaniyasi qayta tiklanuvçi energetika bölinmasidagi 20 foiz xodimi qisqarişini e’lon qildi.
Şvetsiyaning Idorsia farmatsevtika kompaniyasi restrukturizatsiya doirasida 270 ga yaqin xodimi işdan böşatilişini ma’lum qildi. Lufthansa administrativ xodimlarini bosqiçma-bosqiç 20 foizga qisqartirişi kutilmoqda. Britaniyaning Mondi qadoqlar işlab çiqaruvçisi Bolgariyadagi qoğoz fabrikasini yopadi — bu 300 ga yaqin xodimni işsiz qoldiradi.








