O‘zbekiston fuqarolari Xitoyga 30 kun vizasiz sayohat qilishi mumkin
Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari tegishli bitimni imzoladi. Vizasiz rejim qachondan kuchga kirishiga hozircha aniqlik kiritilmagan. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Foto: O‘zbekiston TIV
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv o‘tkazdi. Vazir o‘z sahifasida ma’lum qilishicha, tomonlar fuqarolar ikki mamlakatga 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi bitimni imzolagan.
«O‘zbekiston va Xitoy davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida bugun hamkasbim bilan birgalikda fuqarolarimizga ikki mamlakatga 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi bitimni imzoladik. Bu hujjat aloqalarimizni yanada faollashtirish, savdo aylanmasini oshirish va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir», – deyiladi xabarda.
Vizasiz rejim qachondan kuchga kirishiga hozircha aniqlik kiritilmagan. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
O‘zbekiston 2020 yil 1 yanvardan boshlab Xitoy fuqarolari uchun vizasiz rejim o‘rnatgan. Avvaliga 7 kun bo‘lgan muddat, 2021 yil 1 martdan e’tiboran 10 kungacha uzaytirilgan.
Xitoy tomoni ham o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim o‘rnatishni rejalashtirayotgani haqida 2023 yil may oyida ikki davlat rahbarlarining qo‘shma bayonotida aytilgan edi.
Bir necha kun oldin o‘zbek diplomatlari Xitoy rasmiylari bilan vizasiz rejim masalasida muzokara o‘tkazgandi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi
Fan-texnika | 01:40
-
Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»
Fan-texnika | 01:09
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
Mavzuga oid

18:40 / 06.04.2025
AQSh ilk bor chet davlatning barcha fuqarolariga berilgan vizalarni bekor qildi

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025