AQŞ prezidenti Jo Bayden öğli Hanter Baydenni rasman afv etdi. «Hanter bilan boğliq faktlarni örganuvçi heç qanday aqlli odam bundan boşqa xulosaga kela olmadi: Hanterni faqat öğlim bölgani uçun ajratib olişdi — bu notöğri», — deyiladi 1 dekabr, yakşanba kuni keçqurun Oq uy veb-saytida e’lon qilingan davlat rahbari bayonotida.
Jo Baydenning sözlariga köra, bu qaror hafta oxirida oila Şukronalik kunini birga ötkazgandan söng qabul qilingan. Prezident öz qarorini şunday izohladi: «Men huquq tizimiga işonaman, lekin xom siyosat bu jarayonga zarar yetkazgani va adolatsizlikka olib kelganiga ham işonaman». Bayden prezidentligi davrida uning kenja öğli respublikaçilarning nişoniga aylandi, deb xabar bermoqda Reuters. Oq uy rahbari «amerikaliklar ota va prezident nima uçun bunday qarorga kelganini tuşunişadi», degan umidda.
Jo Bayden öğlining huquqiy muammolari tufayli vaziyatga aralaşmasligini bir neça bor ta’kidlagan. Sentyabr oyida Oq uy Amerika rahbari öz öğlini afv etiş niyatida emasligini takrorladi, deb eslaydi AFP. Oq uy amaldagi rahbarining prezidentlik vakolatlari 2025 yil 20 yanvarda uning örniga yangi saylangan Donald Tramp kelişi bilan tugaydi.
Hanter Baydenga qarşi iş
54 yoşli Hanter Baydenga nisbatan tergov 2018 yildan beri davom etmoqda. 2023 yilda u soliq tölaşdan böyin tovlaganlik va noqonuniy qurol saqlaşda aybini tan olişga rozi bölgan. Sudgaça bölgan kelişuv unga haqiqiy jazodan qoçişga yordam berişi kerak edi. Öşa yilning iyul oyida ayblov kelişuvida «nostandart şartlar» borligi va Baydenga tergov davom etayotgan epizodlarda immunitet berişi mumkinligi ma’lum böldi. Şundan keyin Hanter Bayden öz aybini tan oldi.
Hanter Baydenga 2023 yil dekabrida ayblovlar qöyilgan. Prokuror Devid Vays tomonidan tayyorlangan ayblov xulosasiga köra, kiçik Bayden 2016 yildan 2019 yilgaça kamida 1,4 million dollar soliq tölamagan. «Ayblanuvçi soliq tölaş örniga millionlab dollarni ekstravagant turmuş tarziga sarflagan», — deyiladi hujjatda.
Kiçik Bayden ötgan iyun oyida noqonuniy qurol saqlaşda aybdor deb topilgan edi. Delaver ştatidagi hakamlar hay’ati u 2018 yilda revolver sotib olayotganda giyohvand moddalarni iste’mol qilmasligi haqida yolğon gapirganini aniqladi. Bu holatda u 25 yilgaça qamoq jazosi va 750 ming dollargaça jarimaga tortilişi mumkin.
Sentyabr oyida Hanter Bayden töqqizta ayblovning barçasi böyiça öz aybini tan oldi.












