Uyquning 46 daqiqa ko‘proq davom etishi inson salomatligini yaxshilaydi - tadqiqot
Tadqiqot mualliflari sog‘lom va uzoq uxlash nafaqat ma’lum bir inson, balki butun jamiyat farovonligi uchun muhimligini ta’kidladi.

Foto: picture-alliance
AQShning Texas shtatidagi Beylor universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, kechasi qo‘shimcha 46 daqiqa uxlash insonning stressga bardoshini oshiradi va umumiy sog‘lig‘ini yaxshilaydi. Bu haqda Medical Xpress portali The Journal of Positive Psychology jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalariga tayanib xabar berdi.
Tajribada 90 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ular turli uyqu tartibiga ega guruhlarga bo‘lindi. Bir guruh odatdagidan kechroq yotsa, ikkinchisi ertaroq, uchinchisi esa o‘zlarining kundalik uyqu tartibiga amal qildi. Tadqiqotchilar bir hafta davomida ishtirokchilarning uyqu davomiyligi va o‘zini qanday his qilishini kuzatib bordi.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, uyquning atigi 46 daqiqaga oshishi ishtirokchilarning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Uzoqroq uxlaganlarda stressga chidamlilik, onglilik va umumiy farovonlik yuqoriligi qayd etildi. Shuningdek, ular hayotdan qoniqish va maqsadga intiluvchanlik hissini sezgan.
Yetarlicha uxlamaydigan ishtirokchilarning, aksincha, stressga chidamliligi va umumiy salomatligi yomonlashdi. Kunlik uyquning atigi 37 daqiqa kamayishi bu ishtirokchilarning ruhiy barqarorligini pasaytirdi.
Bosh tadqiqotchi Maykl Skallinning ta’kidlashicha, sog‘lom va uzoq uxlash nafaqat ma’lum bir insonning, balki butun jamiyatning farovonligi uchun muhim. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaxshi dam olgan odamlar xayriya qilishga va atrofdagilarga yordam berishga ko‘proq moil bo‘ladi. O‘rta yoshdagi 2837 nafar kishi ishtirokida o‘tkazilgan qo‘shimcha tadqiqotlar ko‘rsatishicha, kuniga 7-9 soat uxlaydigan odamlar 7-45 foiz ko‘proq xayriya ishlari bilan shug‘ullangan.
Avvalroq avstraliyalik olimlar tunda og‘ir ko‘rpadan foydalanish uyqusizlikka qarshi kurashishga yordam berishini va kayfiyatni yaxshilashini aniqlagandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Londondagi Ukraina muzokaralarini ijobiy baholadi
Jahon | 09:50
-
Agar AQSh yadro sinovlarini tiklasa, Rossiya ham shunday qilishi mumkin – Shoygu
Jahon | 09:50
-
Lavrov migrantlar orasida jinoiy guruhlar paydo bo‘lishining oldini olishga chaqirdi
Jahon | 09:49
-
Hindiston Kashmirdagi teraktdan keyin Pokistonga cheklovlar joriy qildi
Jahon | 09:30
Mavzuga oid

09:50
Tramp Londondagi Ukraina muzokaralarini ijobiy baholadi

09:50
Agar AQSh yadro sinovlarini tiklasa, Rossiya ham shunday qilishi mumkin – Shoygu

18:19 / 23.04.2025
AQShda terrorizmda gumonlanib hibsga olinganlar soni 655 foizga oshdi

14:20 / 23.04.2025