2 dekabr, duşanbaga ötar keçasi Ternopilda Rossiya havo kuçlarining navbatdagi hujumi natijasida dron kelib urilganidan söng, 5 qavatli turar joy binosida yonğin kelib çiqdi, qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Bu haqda şahar meri Sergey Nadal Telegramʼda ma’lum qildi. «Duşman uçuvçisiz uçoği turar joy binosiga kelib urilganidan söng, yonğin yuqori, beşinçi qavat va qisman uçinçi va törtinçi qavatlardagi xonadonlarni qamrab oldi. Kvartiralari zarar körgan ternopilliklar uçun vaqtinça yaşaş joylarini tayyorlayapmiz», — deb yozdi mer mahalliy vaqt bilan soat 04:00 (Toşkent vaqti bilan 08:00)da va tafsilotlarga keyinroq oydinlik kiritişga va’da berdi.

Öz navbatida, Ternopil OHM raisi Vyaçeslav Nagoda Facebookʼda Rossiya zarbasi natijasida bir kişi halok bölgani va bir neça kişi jarohatlangani haqida xabar berdi. «Yonğinni öçiriş va uy aholisini evakuatsiya qiliş va joylaştiriş böyiça işlar olib borilmoqda», — deya qöşimça qildi u.

Ternopil ötgan hafta elektr energiyasiz qolgandi

Rossiyaning öqqa tutişi natijasida 26 noyabr kuni Ternopil elektr ta’minotisiz qoldi. Şaharda suv ta’minoti ham uzilib, jamoat transporti harakati töxtatildi, dedi Nadal. Uning sözlariga köra, Rossiya Federatsiyasi Ternopilga keng kölamli uruş boşlanganidan beri eng katta zarar yetkazgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, qurbonlar va jarohatlanganlar yöq, biroq muhim infratuzilma va bir neçta uylarga zarar yetgan.