Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Falastinlik qoçqinlarga yordam körsatiş agentligi (UNRWA) öğirlik va transportni olib qoçiş holatlari köpaygani sababli Ğazo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazib berişni töxtatişga qaror qildi. UNRWA «qiyin qaror»ni 1 dekabr, yakşanba kuni e’lon qildi.
Agentlik ma’lumotlariga köra, 16 noyabr kuni gumanitar yordam olib ketayotgan yuk maşinalari karvoni qurolli tödalar tomonidan olib qoçilgan. 30 noyabr kuni ham xuddi şunday hodisa yuz berdi: bir neçta oziq-ovqat taşuvçi maşinalar olib qoçildi. «Gumanitar yordam xodimlari va yuklarini himoya etiş mas’uliyati okkupatsiya qilayotgan davlat sifatida Isroil zimmasida. Ular Ğazo sektoriga yordamning xavfsiz oqimini ta’minlaşi kerak», — deya ta’kidlaydi UNRWA.
«Misli körilmagan sondagi» UNRWA xodimlari gumanitar yordam yetkaziş paytida halok böldi
Agentlik matbuot kotibi Luiza Uoterijning Al Jazeera telekanaliga aytişiça, Isroildan Ğazo sektoriga insonparvarlik yuklarining asosiy kiriş nuqtasi bölgan «Kerem-Şalom» ötiş joyi orqali yordam yetkazilişi çoğida «misli körilmagan köp hamkasblar halok bölgan». «Uşbu qaror faqat konvoylarga xizmat qilayotgan gumanitar xodimlarni himoya qiliş va xavfsizligini ta’minlaş uçun qabul qilingan», dedi Uotridj.
Gumanitar yordamning töxtatilişi Ğazo sektoridagi oçarçilik bilan boğliq vaziyat «tezlik bilan yomonlaşib borayotgan» bir vaqtda sodir bölmoqda, dedi UNRWA rahbari Filipp Lazzarini. Uning ta’kidlaşiça, Ğazo sektoriga gumanitar yuklarni yetkazib berişning iloji yöqligi, xususan, «Isroil hukumati tösiqlari» bilan boğliq.









