Falastinlik jurnalist Motaz Tabasi Kun.uz uçun tayyorlagan navbatdagi reportajida Ğazo sektoridagi transport tizimining holati – qamal qilingan hududda odamlar qanday harakatlanayotgani haqida hikoya qiladi.
Vayrona yöllar, yoqilği va ehtiyot qismlar tanqisligi şaroitida sektor içida harakatlaniş uçun tirkamalardan keng foydalanilmoqda.
Ğazo sektorida yöl endi şunçaki bosib ötiladigan masofa emas. U odamlarning har bir qadamiga oğir yuk bölib tuşadigan kundalik maşaqqatga aylangan. Köçirilganlar yaşayotgan çodirlardan tortib, vayron bölgan uylarigaça — hatto oddiy harakatlanişning özi ham holdan toydiruvçi safarga aylangan. Bu yöllar odamlarning soatlab vaqtini olmoqda, bemorlar, talabalar va işçilarning manzillariga vaqtida yetib borişiga tösqinlik qilmoqda. Şunga qaramay, odamlar fojiali voqelik içida hayotni davom ettirişga urinmoqda.

Sumayya Al-Hajjar: Ilgari Ğazo şahriga yarim soatdan oşmay yetib borardim. Hozir esa bunga butun bir kun kerak böladi. Çunki yöllar vayron bölgan, bir joydan boşqa joyga boriş juda qiyin. Transport ham qulay emas. Olti yölovçiga möljallangan maşinaga öttiz kişi çiqadi. Maşinalardan çiqayotgan tutun ham bizga zarar qilmoqda, çunki ayrim maşinalar yonilği örniga ösimlik yoği bilan haydalmoqda. Dizel yoki benzin işlatadigan maşinalar esa juda kam qolgan.
Muhammad Abu Sablah: Bu köçaning ahvoli juda yomon. Hamma joy çuqur, notekis va vayronalar bilan töla. Bu odamlar va yölovçilar uçun xavfli. Mana, qölbola tirkamali arava ötib ketayotganda bir ayol va uning öğli yiqilib tuşdi. Boşqa safar esa bir bola yiqilib tuşgan, biz uni ötib ketayotgan maşinalar orasidan qutqarişga majbur bölganmiz. Bunday hodisalar har kuni sodir böladi.
Haydovçilar vayron bölgan yöllarda maşinani zörğa boşqaradi. Ular maşina buzilib qolişidan qörqadi, çunki ehtiyot qismlar juda qimmatlaşgan. Ba’zan işlatilgan qismlarni örnatişga majbur bölişadi. Bu esa xavfni yanada oşirib, yölovçilar xavfsizligiga tahdid soladi. Yonilği tanqisligi va minglab maşinalarning işdan çiqqani sababli, avtomobilga ulangan tirkamalar yoki hayvonlar tortadigan aravalar kabi oddiy transport vositalari majburiy ehtiyojga aylangan.
Abdulrahmon Namus: Men Dayr al-Balahdan Xon Yunisga oziq-ovqat oliş, odamlarni köriş yoki şifoxonaga boriş uçun kelaman. Vaziyat juda oğir. Qulay transport yöq, yöllar esa buzilib ketgan. Kattalar ham, bolalar ham, ayollar ham xavfsiz emas. Biz kattalar uçun ham Xon Yunisga kelib, zarur işlarimizni bitiriş juda qiyin bölib qolgan.













