Fransiyada 2 dekabr, duşanba kuni muxolifatdagi «Yangi xalq fronti» söl koalitsiyasi deputatlari, şuningdek, öta öng «Milliy birlaşuv» partiyasi vakillari hukumatga işonçsizlik votumi masalasini milliy parlamentda ovozga qöyişdi. 

Bu qadamga Fransiya boş vaziri Mişel Barnening 2025 yilga möljallangan ijtimoiy suğurta tizimi budjeti töğrisidagi qonunni hukumat tomonidan taklif etilgan variantda parlamentda muhokama va ovoz berişsiz tasdiqlaş töğrisidagi qarori sabab böldi. Buni qiliş huquqi Fransiya Konstitutsiyasining 49.3-moddasida nazarda tutilgan maxsus tartib bilan berilgan. Biroq, agar bu tartib qöllansa, milliy parlament deputatlari, öz navbatida, hukumatga işonç masalasini ovozga qöyiş huquqiga ega. Bu ovoz beriş çorşanba, 4 dekabr kuni bölib ötişi kutilmoqda.

Fransiyada ijtimoiy suğurta tizimi budjeti bilan boğliq kelişmovçiliklar

RFI mediakompaniyasi tuşuntirganidek, ijtimoiy (va tibbiy) suğurta tizimining budjeti töğrisidagi qonun davlat budjeti töğrisidagi qonun bilan birgalikda mamlakat moliya siyosatining asosini taşkil qiladi. «Hukumat tomonidan rejalaştirilgan jami 60 (!) milliard yevro miqdoridagi tejaş çora-tadbirlari tufayli ikkala budjet loyihasi ham şiddatli bahslar markazida edi», deyiladi naşrda.

«Milliy birlaşuv» rahbari Marin Le Pen 2 dekabr kuni ertalab Mişel Barne bilan telefon orqali suhbatda uni rejalaridan voz keçişga çaqirdi, deya xabar beradi Fransiya boş vazirining idorasi. Avvalroq, Le Pen partiyasi bosimi ostida hukumat rahbari allaqaçon elektr energiyasi tariflarini oşirişdan boş tortgan, şuningdek, qoçqinlar uçun bepul tibbiy xizmatlar röyxatini qisqartirişga rozi bölgan edi, deb eslaydi Reuters.

Şu bilan birga, Barne Le Penning yanvar oyidan boşlab inflatsiya uçun pensiyalarni indeksatsiya qilişdan voz keçmaslik haqidagi çaqiriğini rad etdi. Bunga javoban öta öng siyosatçi: «Fransuzlarning sabr kosasi töldi!», dedi. Uning qöşimça qilişiça, Barne boş vazir sifatida vaziyatni yaxşilaşiga umid qilgan, biroq aslida vaziyat yanada yomonlaşgan.

Le Pen Fransiya hukumati iste’fosini qöllab-quvvatlaşi mumkin

Öta öng «Milliy birlaşuv» partiyasi yetakçisi Marin Le Pen Fransiya hukumati «qizil çiziqlar»ni kesib ötsa, unga bildiriladigan işonçsizlik votumini qöllab-quvvatlaşini aytdi. Bu haqda u 25 noyabr kuni boş vazir Mişel Barne bilan uçraşuvdan söng bayonot berdi.