BAAga kirişdagi muammolar muhokamasi, Magnitskiy sanksiya röyxatiga kiritilgan özbekistonlik pedofil amaldorlar, Buxoroning tarixiy qismida velosipedlar uçun çeklovlar — kun davomida Kun.uz’da yoritilgan Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
BAAga kirişdagi muammolar hal etiladi
Taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Bahromjon A’loyev 2 dekabr kuni Birlaşgan Arab Amirliklarining elçisi Said Matar al-Qamziy bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuv davomida BAAga kirişda özbekistonlik fuqarolar duç kelayotgan qiyinçiliklar bilan boğliq holat yuzasidan ham fikr almaşildi. Tomonlar muammoni qisqa vaqtda hal qiliş uçun tegişli çoralarni körişga kelişib oldi.
30 noyabr kuni Toşkent–Abu-Dabi yönalişi böyiça Wizz Air reysida uçgan 31 özbekistonlik amirliklarga kiritilmagan edi.
Özbekistonning BAAdagi elçixonasi vaziyat nazoratga olinganini va aeroport ma’muriyati bilan muloqotda bölib turganini ma’lum qildi. Yölovçilarning bir qismi allaqaçon Özbekistonga qaytarilgan bölsa, qolganlari uçun Wizz Air tegişli çoralarni körayotgani ma’lum qilingan edi.
Bu holat BAAda uç özbekistonlik yahudiy rohibning ölimi böyiça gumonlanuvçi sifatida qölga olingani bilan boğliq bölişi mumkin.
AQŞ pedofil amaldorlarga sanksiya joriy qildi
AQŞ Moliya vazirligi 2 dekabr Xalqaro qullikka barham beriş kunida uç özbekistonlikni Magnitskiy röyxatiga qöşdi. Uşbu şaxslar inson huquqlarini jiddiy ravişda buzganlikda ayblandi.
Sanksiyaga tuşganlar Xorazm viloyati Adliya boşqarmasi sobiq boşliği Oybek Maşaripov, Yangiariq tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi sobiq boşliği Anvar Kuryazov va mehribonlik uyi sobiq mudirasi Yulduz Xudoyberganovadir. Ular mehribonlik uyidagi yetim bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlik, kaltaklaş va qullikka majburlaş kabi jinoyatlarda iştirok etgan.
Yulduz Xudoyberganova yoş qizlarni turli zöravonliklar orqali pul evaziga jinsiy aloqaga majburlagan, Anvar Kuryazov va Oybek Maşaripov esa uşbu qizlar bilan jinsiy aloqada bölgan. Ular yetkazgan zararlar sababli AQŞ viza çeklovlari joriy etiş va mulkiy manfaatlarni muzlatiş kabi jazo çoralarini qöllamoqda.
Endi uşbu şaxslar va ularga aloqador kompaniyalar moliyaviy operatsiyalardan butunlay mahrum qilinadi.
Buxoroda harakat çeklovlari joriy etilmoqda
Buxoro şahrining tarixiy qismida mototsikl, skuter va mopedlar harakati çeklandi. Hududda maxsus taqiqlovçi yöl belgilari örnatilmoqda. Çeklov tarixiy merosni muhofaza qiliş va sayyohlar hamda mahalliy aholi xavfsizligini ta’minlaş maqsadida joriy etilgan.
YHXB ma’lumotiga köra, bunday transport vositalari tarixiy binolarga zarar yetkazişi va yöl harakati xavfsizligiga tahdid tuğdirişi mumkin. Endilikda uşbu taqiqni buzganlar 125 ming söm miqdorida jarimaga tortiladi.
Şuningdek, tarixiy hududda kiçik hajmli elektr dvigatelli transport vositalari, moped va velosipedlarni boşqariş bilan boğliq huquqbuzarliklar uçun ham ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Bu taşabbus sayyohlarning harakatlanişiga ta’sir etmasdan, tarixiy hududlar muhofazasiga xizmat qiladi.
Özbek ayoli dunyo röyxatida
BBC özbekistonlik tadbirkor Dilorom Yöldoşevani «Dunyo böylab ilhomlantiruvçi va nufuzli 100 ayol» röyxatiga kiritdi. Britaniya naşri ilk bor 2024 yil uçun e’lon qilgan uşbu röyxatga imkoniyati çeklangan özbek ayoli kirdi.
Surxondaryo viloyati Denov tumanidan bölgan Dilorom Yöldoşeva 2 yil oldin örim-yiğim paytida ikki oyoğidan ayrilgan. Fojiadan keyin u yangi hayotni boşlab, tikuvçilik biznesini oçdi. Maqsadi — yoş ayollarga iqtisodiy kömak beriş. U tadbirkorlik asoslarini örganib, 40 dan ortiq şogird tayyorladi. Kompaniyasi qisqa muddatda ösib, bepul ustaxonalar oçiş bilan birga, işçilar va öquvçilar uçun kiyim işlab çiqariş şartnomalarini tuzdi.
Bu biznes nafaqat uning, balki boşqa ayollarning ham daromad manbaiga aylandi. U haqida «Matonat» hujjatli filmi suratga olingan. Uşbu filmda uning fojiadan keyingi matonatli hayoti körsatilgan.
Irrigatsiya tizimlari rekonstruksiya qilinadi
Prezident qaroriga köra, Buxoro, Namangan, Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlarida irrigatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qiliş işlari Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki iştirokida amalga oşiriladi. Bu taşabbus suğoriladigan yerlar suv ta’minotini yaxşilaş va suvdan tejamli foydalanişni maqsad qilgan.
Rejalaştirilgan loyihalarning umumiy qiymati 220 mln dollarni taşkil qiladi: Buxoro, Namangan va Surxondaryo viloyatlari uçun loyihalar qiymati — 160 mln dollar; Qaşqadaryo viloyati uçun loyiha qiymati — 60 mln dollar.
2025 yildan boşlab bajarilgan işlarga mos ravişda qarz şartnomalari qismlarga bölib imzolanadi. Qaşqadaryo loyihasi uçun avvaldan tölov sifatida 120 milliard söm mahalliy budjet mablağlaridan ajratiladi. Loyihalar texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlanganidan söng, davlat budjeti parametrlariga özgartişlar kiritiladi.











