Xitoy kompaniyalari to‘rt viloyatda sug‘orish tizimini rekonstruksiya qiladi
Prezidentning «Buxoro, Namangan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida irrigatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalarni Xitoy Xalq Respublikasining Eksport-import banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Sug‘oriladigan yerlarning suv ta’minotini yaxshilash, suv resurslaridan tejamli foydalanish, qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi uchun Buxoro, Namangan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqildi:
«Buxoro, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida irrigatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya qilish» loyihasining dastlabki qiymati 160 mln dollar;
«Qashqadaryo viloyatida irrigatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya qilish» loyihasining dastlabki qiymati 60 mln dollar.
Loyihalarni amalga oshirish buyurtmachisi etib Suv xo‘jaligi vazirligining Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi belgilandi. Loyihalarni moliyalashtirish manbai esa XXR Eksport-import bankining imtiyozli krediti hisoblanadi.
Bu loyihalarning bosh qurilishchi pudratchisi sifatida istisno tartibida Xitoy kompaniyalari CITIC Construction Co.Ltd va China SAMS Engineering So, Ltd belgilandi.
2025 yildan boshlab, XXR Eksport-import banki bilan qarz shartnomalari loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlanganidan so‘ng, bajarilgan ishlar hajmiga qarab qismlarga bo‘lib imzolanadi.
Shuningdek, «Qashqadaryo viloyatida irrigatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya qilish» loyihasi doirasida 2025 yilda 15 foizlik oldindan to‘lov uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning mahalliy budjetlarida meliorativ obektlarni ta’mirlash va tiklash uchun belgilangan mablag‘lardan 120 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Loyihaning texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlanganidan so‘ng, qarz bitimi shartlaridan kelib chiqib, 2025 yil uchun Davlat budjeti parametrlariga o‘zgartishlar kiritiladi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reytinglar qulamoqda – amerikaliklar Donald Trampning birinchi 100 kunini baholadi
Jahon | 18:45
-
Italiyada milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqiladi
Jahon | 18:29
-
Hindistondagi mehmonxonada yong‘in yuz berdi. Qurbonlar bor
Jahon | 18:16
-
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
Jahon | 17:35
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025