TIVda O‘zbekiston fuqarolari BAA hududiga kirishda muammoga duch kelayotgani muhokama qilindi
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi.

Foto: TIV
Bugun, 2 dekabr kuni tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekistondagi elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.
Shu bilan birga, tomonlar so‘nggi kunlarda O‘zbekiston fuqarolarining Birlashgan Arab Amirliklari hududiga kirishlarida kuzatilayotgan qiyinchiliklar bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha fikr almashgan.
«Mavjud holatni imkon qadar qisqa muddatlarda hal qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olindi», — deyiladi xabarda.
30 noyabr kuni Toshkent–Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha Wizz Air aviakompaniyasi reysida uchgan 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi amirliklar hududiga kiritilmadi. Ular Abu Dabi shahridagi Shayx Zoid nomidagi xalqaro aeroportda chegaradan o‘tkazilmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda holat aks etgan video va suratlar tarqalgach, O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi izoh berib, aeroport ma’muriyati va amirliklarning mutasaddi idoralari bilan muloqotda bo‘lib, vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qildi.
Keyinroq Abu-Dabi xalqaro aeroportida qolib ketgan vatandoshlarning bir qismi O‘zbekistonga qaytarilgani ma’lum bo‘ldi. Wizz Air aviakompaniyasi hozirda qolgan fuqarolarni ham qaytarish choralarini ko‘rayotgani aytildi. Voqea BAAda uch o‘zbekistonlik yahudiy rohibning o‘limida gumonlanib qo‘lga olinishi fonida ro‘y berdi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reytinglar qulamoqda – amerikaliklar Donald Trampning birinchi 100 kunini baholadi
Jahon | 18:45
-
Italiyada milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqiladi
Jahon | 18:29
-
Hindistondagi mehmonxonada yong‘in yuz berdi. Qurbonlar bor
Jahon | 18:16
-
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
Jahon | 17:35
Mavzuga oid

00:31 / 28.04.2025
O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqidagi xabarlar asossiz - TIV vakili

15:50 / 22.04.2025
«BAAda o‘limga hukm qilingan o‘zbekistonliklar jazosini yengillatish borasida harakatlar olib borilyapti» – TIV

12:30 / 22.04.2025
Birlashgan Arab Amirliklari qonunlar yozishni sun’iy intellektga topshirmoqchi

11:01 / 15.04.2025