Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro shahrining tarixiy qismida mototsikl va skuter kabilarning harakati cheklandi
Hududda tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda. Bunday yo‘l belgilari talablariga bo‘ysunmaslik 125 ming so‘m jarimaga sabab bo‘ladi.
"O‘zbekiston 24" lavhasidan kadr
Buxoro shahrining tarixiy qismida mototsikl, skuter va moped kabi transport vositalarida harakatlanish cheklandi. YHXB tomonidan bu borada taqiqlovchi yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar berdi.
“Eski shahar qismida avtomashinalar harakati cheklangan bo‘lsa-da, moto-avto vositalar, skuterlar, mopedlardan keng foydalaniladi. Ammo ularning ham qatnovi tarixiy merosga zarar yetkazishi, qolaversa bu hududda harakatlanayotgan ko‘plab sayyohlar va mahalliy aholi vakillariga xavf tug‘dirishi mumkin”, – deyiladi telekanal lavhasida.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini boshqarish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan edi.
Unga ko‘ra, endilikda skuterlar, mopedlar va velosipedlarni, individual harakatlanish vositalarini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxslarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, yo‘l belgilari talablariga rioya etmasligi BHMning uchdan bir qismi miqdorida (125 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:25 / 29.03.2026
Buxoroda “Nasriddin Afandi” hamda “Sharq taomlari” an’anaviy festivali o‘tkaziladi
23:37 / 28.03.2026
Yamaha xavfsizlik yostiqchasiga ega dunyodagi ilk skuterni taqdim etdi
15:27 / 27.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi
14:10 / 27.03.2026