AQŞ Adliya vazirligi Nyu-Yorkda yaşovçi rossiyalik ayol Nomma Zarubinani Rossiya razvedka xizmatlariga aloqadorlikda aybladi. Bu haqda 2 dekabr, duşanba kuni Telegramʼda sud hujjatlari skanerini e’lon qilgan Russian America for Democracy in Russia loyihasi va huquqşunos Igor Slabix ma’lum qildi.
Ularga köra, 34 yoşli Zarubina 2021 yil aprelida va 2023 yil sentabr oyida Rossiya razvedka xizmatlari bilan aloqalarini rad etgan holda Federal tergov byurosi (FTB)ga «qasddan va bila turib» yolğon körsatma berganlikda ayblanmoqda. FTB ma’lumotlariga köra, keyinroq ma’lum bölişiça, rossiyalik ayol özi tuğilgan Tomskda joylaşgan FSB xodimi bilan muntazam aloqada bölib, AQŞda topşiriqlarni bajarişga rozi bölgan. Unga «Alisa» şartli nomi berildi va u Rossiya maxsus xizmatlari nomidan jurnalistlar, harbiy xizmatçilar va ekspertlar bilan aloqa örnatdi.
Josuslik böyiça ayblov qöyilmadi
Slabixning sözlariga köra, Zarubina 21 noyabr kuni qölga olingan, biroq 25 ming dollar garov evaziga qöyib yuborilgan, hujjatlari olib qöyilgan va unga josuslikda ayblov qöyilmagan. Agar aybini tan olsa, u beş yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin, deydi AQŞda yaşovçi advokat.
Nomma Zarubinaning özi öziga qarşi ayblovlar haqidagi xabarlarga izoh berar ekan, Facebookʼda şunday deb yozdi: «Men yaşirinmayapman yoki qoçmayapman, xabarlarda ham, telefon orqali ham gaplaşişdan xursand bölaman».
«Sibir.Realii» bilan suhbatda u FSBda işlagani haqidagi ma’lumotni rad etdi, biroq bir neça yil davomida Rossiya va Amerika razvedka xizmatlari bilan aloqada bölganini inkor etmadi.
Aleksey Navalniy ştablari sobiq rahbari Leonid Volkov Zarubinani 2023 yil yanvarida Vaşingtonda tarafdorlari bilan uçraşuvda körganini va uning ğalati xatti-harakatini payqaganini aytdi: tadbir davomida u birinçi qatorda ötirgani bilan hodisaga heç qanday qiziqiş bildirmagan. «Ammo uçraşuv tugaşi bilan u birinçi bölib mening oldimga yugurib kelib, selfi söradi va selfidan söng darhol qoçib ketdi», deb yozdi Volkov X ijtimoiy tarmoğida.












