Fransiya Milliy majlisi Mişel Barne boşçiligidagi vazirlar mahkamasiga işonçsizlik bildirdi. 4 dekabr, çorşanba kuni 574 deputatdan 331 nafari bu qaror uçun ovoz berdi. Bu uç oydan kamroq vaqt davomida hokimiyatda bölgan ozçilik hukumatini iste’foga çiqişga majbur qiladi. Bu deputatlar 1962 yildan beri birinçi marta hukumatni iste’foga çiqargan birinçi holat. Öşanda Milliy majlis Jorj Pompidu kabinetiga işonçsizlik uçun ovoz bergandi.
Fransiyada ijtimoiy suğurta tizimi budjeti bilan boğliq kelişmovçiliklar
RFI mediakompaniyasi tuşuntirganidek, ijtimoiy (va tibbiy) suğurta tizimining budjeti töğrisidagi qonun davlat budjeti töğrisidagi qonun bilan birgalikda mamlakat moliya siyosatining asosini taşkil qiladi. «Hukumat tomonidan rejalaştirilgan jami 60 (!) milliard yevro miqdoridagi tejaş çora-tadbirlari tufayli ikkala budjet loyihasi ham şiddatli bahslar markazida edi», deyiladi naşrda.
«Milliy birlaşuv» rahbari Marin Le Pen 2 dekabr kuni ertalab Mişel Barne bilan telefon orqali suhbatda uni rejalaridan voz keçişga çaqirdi, deya xabar beradi Fransiya boş vazirining idorasi. Avvalroq, Le Pen partiyasi bosimi ostida hukumat rahbari allaqaçon elektr energiyasi tariflarini oşirişdan boş tortgan, şuningdek, qoçqinlar uçun bepul tibbiy xizmatlar röyxatini qisqartirişga rozi bölgan edi, deb eslaydi Reuters.
Şu bilan birga, Barne Le Penning yanvar oyidan boşlab inflatsiya uçun pensiyalarni indeksatsiya qilişdan voz keçmaslik haqidagi çaqiriğini rad etdi. Bunga javoban öta öng siyosatçi: «Fransuzlarning sabr kosasi töldi!», dedi. Uning qöşimça qilişiça, Barne boş vazir sifatida vaziyatni yaxşilaşiga umid qilgan, biroq aslida vaziyat yanada yomonlaşgan.








