Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri örinbosari Anna Tsivileva Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşgan bedarak yöqolgan rossiyaliklar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni oşkor qildi. Davlat dumasida bölib ötgan davra suhbatida u öz vazirligiga Ukrainaga hujumda iştirok etgan kamida 48 ming iştirokçining qarindoşlari boğlanganini, ularning taqdiri haqida heç narsa ma’lum emasligini aytdi, deb yozdi ASTRA Telegram-kanali 3 dekabr, seşanba kuni. Şu bilan birga, Tsivileva bedarak ketganlarni «yöqolgan odamlar» deb atadi.
Anna Tsivileva bedarak yöqolganlarning qarindoşlaridan DNK yiğilgani va bu ma’lumotlar tegişli ma’lumotlar bazasiga kiritilganini aytib ötdi.
Mudofaa qömitasi rahbari maxfiy ma’lumotlarni oşkor qilmaslikni söradi
Şundan söng Davlat dumasi mudofaa qömitasi rahbari Andrey Kartapolov bu ma’lumotlarning maxfiyligini ta’kidlab, bedarak yöqolganlar sonini oşkor qilmaslikni söradi. «Bu maxfiy, nozik ma’lumotlar, biz yakuniy hujjatlarni tuzganimizda, bu raqamlar heç qayerda suzib yurmasligi kerak», dedi u.
Bunga javoban Anna Tsivileva bedarak yöqolganlar statistik ma’lumotlarini oşkor qilmaganini, biroq yaqinlarning Mudofaa vazirligiga qilgan sörovlari sonini aytib ötganini aytdi. «Ular köpçilikni topadi, şuning uçun bu raqam statistika emas, balki faqat sörovlar», deya qöşimça qildi u.








