Soliq qömitasining katta hajmli ma’lumotlar bazasi bosqiçma-bosqiç yangi serverlarga migratsiya qiliş jarayoni davom etmoqda, deb xabar beradi qömita matbuot xizmati.

Şu munosabati bilan, 2024 yil 7 dekabr soat 00:00 dan 10 dekabr soat 06:00 ga qadar ayrim axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining iş faoliyati vaqtinçalik çeklanadi.

Xususan:

  • Elektron hisobotlar;
  • ERI;
  • EHF (7-8 dekabr kunlari);
  • Notarial idoralari tomonidan fuqarolik holati böyiça ma’lumot qabul qiliş;
  • korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatiş;
  • mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi (tasnif.soliq.uz);
  • fiskal ma’lumotlar operatori bilan boğlanişlar;
  • elektron murojaatlar va boşqa xizmatlarda uzilişlar kuzatiladi.

«Keltirilgan noqulayliklar uçun oldindan uzr söraymiz», — deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, oktyabr va noyabr oxirlarida ham Soliq qömitasi katta hajmdagi ma’lumotlar yangi serverlarga migratsiya qilinayotgani sabab beş kunga onlayn NKT çeklarini tahrirlaş imkoniyati vaqtinçalik çeklagandi.