Fransiya prezidenti Emmanuel Makron parlament tomonidan bildirilgan işonçsizlik votumidan keyin boş vazir Mişel Barnening hukumat iste’fosi haqidagi iltimosini qabul qildi. Barne yangi boş vazir tayinlangunga qadar lavozimda qoladi. Zamonaviy Fransiya tarixida ilk bor boş vazir öz lavozimida uç oydan kamroq işladi.
«Bugun boş vazir respublika prezidentiga öz hukumatining iste’fosi böyiça iltimosnoma kiritdi va u qabul qilindi. Mişel Barne hukumat a’zolari bilan birga yangi hukumat tayinlangunga qadar joriy işlar bilan şuğullanib turadi», — deyiladi Yelisey saroyi xabarida.
4 dekabr, çorşanba kuni Fransiya Milliy majlisi Mişel Barne boşçiligidagi vazirlar mahkamasiga işonçsizlik bildirdi. 574 deputatdan 331 nafari bu qaror uçun ovoz berdi. Bundan uç kun oldin boş vazir konstitutsiyaning 49.3 moddasidan foydalangan holda (bu parlamentdagi ovoz beriş jarayonlarini çetlab ötgan holda qonun qabul qilişga ruxsat beradi) 2025 yil uçun ijtimoiy suğurta budjetini qabul qilgan edi.
Mişel Barne Makronning ikkita prezidentlik muddati davomida almaşgan beşinçi boş vazir — undan oldin Eduard Filipp, Jan Kasteks, Elizabet Born va Gabriel Attal uşbu lavozimda işladi.
Mişel Barne öng markazçi Respublikaçilar partiyasi vakili. Siyosiy faoliyati davomida u Fransiyada ham, Yevropa Ittifoqi tuzilmalarida ham turli rahbarlik lavozimlarida işlagan. 2016 yildan 2019 yilgaça u Buyuk Britaniyaning YeIdan çiqişi şartlari böyiça muzokaralarga rahbarlik qilgan.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sentabr oyida 73 yoşli konservativ siyosatçini mamlakat boş vaziri lavozimiga tayinlagan edi. «Makron unga mamlakat va fransuz xalqiga xizmat qiladigan birlaştiruvçi hukumat tuzişni topşirdi», — deyilgan edi öşanda Yelisey saroyi xabarida.








