Daniyada tadqiqotçilar dengiz sathning kötarilişi oqibatida mamlakat poytaxti Kopengagenning suv ostida qoliş xavfini kamaytiriş yölini örganmoqda.

Qayd etilişiça, qirollik poytaxtining pastlikda joylaşgan hududlari suv ostida qolişi mumkin. Bunga dengiz sathining kötarilişi, yerosti suvlari va davomli yoğingarçiliklar sabab böladi. Suv bosişining oldini oliş uçun tabiiy tösiqlarni şakllantiriş maqsadida botqoqli hududga yomğir suvlarini töplaydigan ösimliklar ekilgan Kardens Minde boği yaratilgan.

Kopengagen universiteti arxitektura professori Anna Lundning ta’kidlaşiça, mamlakat poytaxtida suv bosiş xavfining oldini oliş uçun botqoqliklar quritilmoqda. Daniya meteorologiya instituti 2100 yilga borib yoğingarçilik 30-70 foizga, dengizdagi suv sathi esa 42 santimetrga oşişi mumkinligini prognoz qilmoqda. Yuz yillik oxiriga borib Daniya poytaxtidagi yerosti suvlari darajasi ham oşadi.

Anna Lundning qayd etişiça, şahar hukumati poytaxt pastliklarida yangi qurilişlarni amalga oşirişdan tiyilişi kerak. «Suv bosişidan himoyalaniş uçun tabiiy tösiq sifatida boğlarni yaratiş ança samarali yeçim hisoblanadi», — deydi arxitektor.

Kopengagen biznes maktabi dotsenti Izabel Froyes AFP agentligi bilan suhbatda Daniyani «prototip-davlat» deb atagan, unga köra, bu yerda qöllangan tajribalardan keyinçalik şu kabi muammoga duç kelgan boşqa mamlakatlar ham foydalanişi mumkin böladi.