Fransiyada hukumat ijtimoiy himoya budjetini mustaqil tasdiqlaş huquqidan foydalangani ortidan parlament tomonidan iste’foga çiqarildi. Boş vazir Mişel Barne konstitutsiyaviy tartibda Milliy Assambleyani çetlab ötgan holda qabul qilgan budjet kelgusi yilgi ijtimoiy xarajatlarni qisqartirişni nazarda tutadi.

The Economist'ning yozişiça, budjet defitsiti bilan boğliq muammolar Yevropaning köplab mamlakatlarida kuzatilmoqda. Naşr defitsit muammosining mintaqa böylab yoyilib borayotganini xavotirli darajada deb baholagan.

Fransiyada budjet tanqisligi 6 foizdan oşgan bölib, bu Yevropa Ittifoqining 3 foizlik limitidan ança yuqori. Davlat qarzi 2024 yilda yalpi içki mahsulotning 115 foizini taşkil etsa, 2029 yilga kelib 124 foizga yetişi mumkin. Şuningdek, davlat qarzining foiz tölovlari ikki barobarga köpayişi kutilmoqda, bu budjetga bosimni oşiradi.

Şuningdek, Germaniya va Niderlandiya kabi iqtisodiy jihatdan kuçli davlatlar ham keyingi yillarda budjet tanqisligi muammosiga duç kelmoqda.

Davlat xarajatlarining sezilarli ortişi COVID-19 pandemiyasi va Rossiya-Ukraina uruşi oqibatlari bilan boğliq.

Ta’kidlanişiça, Fransiyaning iqtisodiy qiyinçiliklari butun Yevropaga va boşqa mintaqalarga ta’sir qiladi. Fransiya yevrozonaning muhim a’zosi bölgani uçun uning moliyaviy holati mintaqa iqtisodiyotining umumiy holatiga ta’sir körsatadi. Agar Fransiya va boşqa davlatlar bu muammolarni hal qiliş uçun jiddiy çoralar körmasa, sarmoyaçilar işonçi susayişi va qarz oliş xarajatlari oşib ketişi mumkin. Bu esa butun moliyaviy tizimni xatar ostida qoldirişi ehtimoldan xoli emas, deya qayd etgan The Economist.