Gurjiston boş vaziri Irakliy Kobaxidze mamlakat parlamenti dekabr oxiriga qadar ommaviy tadbirlarga niqobda taşrif buyurişni taqiqlaydigan qonun qabul qilişini ma’lum qildi.

«Bunday hujum faktlari faqat mamlakatdagi vaziyatni sun’iy ravişda keskinlaştirişga urinayotgan radikallarga ma’qul keladi. Bugun hamma niqobda yuribdi, şu bois politsiya kim norozilik namoyişi iştirokçisi ekanini aniqlaşga qiynalmoqda», — deydi Kobaxidze.

Uning ta’kidlaşiça, bunday qarorning qabul qilinişiga ötgan keça niqobdagi şaxslarning Tbilisidagi norozilik aksiyasini yoritayotgan jurnalistlarga hujumi sabab bölgan.

Boş vazirning sözlariga köra, şu munosabat bilan parlament yiğinlarga yuzni turli vositalar bilan yopib taşrif buyurişni taqiqlovçi qonunni qabul qiladi.

«Uşbu qonun zöravonlikning oldini olişga yordam beradi. Bunday qonunlar Yevropa Ittifoqining köplab davlatlarida amalda», — deydi Kobaxidze.

Gurjistonda 7 dekabr kuni keçqurun yuzlariga niqob taqib olgan taxminan 30 kişi «Pirveli» muxolifat telekanalining jurnalisti va operatorini kaltakladi. Jabrlangan jurnalist Maka Çixladzening aytişiça, uning operatori tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.