"Sönggi 7 yil davomida Özbekistonda "yaşil" iqtisodiyotni, ayniqsa, "yaşil" energetikani rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qayta tiklanadigan energiya manbalari asosida elektr energiyasi işlab çiqarişni köpaytiriş böyiça katta işlar amalga oşirildi", – deb ta’kidlangan maqolada.
Naşrda xalqaro kompaniyalar bilan umumiy quvvati 20630 megavatt (quyoş fotoelektr stansiyalari uçun 7630 megavatt va şamol elektr stansiyalari uçun 13000 megavatt) bölgan quyoş va şamol elektr stansiyalarini quriş böyiça 38 ta şartnoma imzolangani xabar qilingan.
Mazkur loyihalarni amalga oşirişni ta’minlaş maqsadida Özbekiston prezidenti tomonidan 29 ta qaror imzolanib, bugungi kunda umumiy quvvati 1700 MVt bölgan 7 ta quyoş fotoelektr stansiyasi va umumiy quvvati 900 MVt bölgan 3 ta şamol elektr stansiyasi loyihalari amalga oşirilmoqda.
Uşbu investitsiya loyihalari Saudiya Arabistoni podşohligi (ACWA Power), Birlaşgan Arab Amirliklari ("Masdar", TeplingGrouap AG va Solar Power Shine), Fransiya (Totel Ering) va Xitoy (Gizhouba Overseas Investment, China Datang Overseac Investment va Universal Energy) kompaniyalari tomonidan amalga oşirilmoqda. Uşbu loyihalarning umumiy qiymati qariyb 21,121 milliard AQŞ dollarini taşkil etib, ularning barçasi töğridan töğri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oşirilmoqda.
Ana şunday sa’y-harakatlar natijasida bugungi kunda Özbekistonning 7 ta viloyatida jami quvvati 2,7 GVt bölgan 9 ta quyoş elektr stansiyasi va bitta şamol elektr stansiyasi yaşil energiya işlab çiqarmoqda.
2026 yilga borib Özbekistonda quyoş va şamol elektr stansiyalarining umumiy quvvati 5 ming MVtga, 2030 yilga kelib esa 18 ming MVtdan oşadi.
"Uşbu "yaşil" loyihalar işga tuşirilgaç, mamlakatda 2030 yilgaça har yili 50 milliard kilovatt soat elektr energiyasi işlab çiqariladi, bu esa yiliga qariyb 15 milliard kub metr tabiiy gazni tejaş imkonini beradi. Bundan taşqari, atmosferaga 21 million tonna zararli gazlar kirib kelişining oldi olinadi. Bu 2030 yilga borib Özbekistonda işlab çiqarilayotgan elektr energiyasining 40 foizga qayta tiklanadigan energiya manbalaridan olinadi, degani", – deb yozgan Q8 Press.











