Suriyada minglab odamlarni «ölim lageri» va «odam qassobxonasi» nomlari bilan tanilgan Saydnaya qamoqxonasidagi yerosti kameralaridan qutqariş jarayoni boşlandi.

The Telegraph naşrining yozişiça, isyonçilar Saydnaya hududiga 8 dekabr kuni kirib borgan. Ular azoblangan va hayratda qolgan yuzlab mahbuslarni ozod qiliş uçun kameralardagi temir eşiklarni buzişni boşlagan.

Qayd etilişiça, hozir qutqaruv işlari davom etmoqda, yerosti kameralarida 10 mingdan ortiq odam borligi taxmin qilinmoqda. «Ular 30 metrgaça çuqurlikda bölgan kameralar labirintida, oğir eşiklar ortida qulflangan holda saqlanmoqda», deb yozdi naşr.

OAV xabarlariga köra, köplab mahbuslar qamoqxonada elektr, oziq-ovqat, suv va havodan mahrum qilingan. Uşbu kameralarga erkin kiriş imkoni yöq - eşiklar maxsus kodlarni talab qiladigan elektron qulflar bilan yopilgan. Şuning uçun, yerosti kameralardagi odamlarni qutqariş uçun beton pol va devorlarni buzişga töğri kelmoqda. Hozirça qutqaruvçilar yerosti törtta qavatidan ikkitasiga yetib borgan.

Oçiq manbalarga köra, Saydnaya - Damaşq yaqinidagi harbiy qamoqxona. Unda minglab asirlar, tinç aholi va isyonçilar saqlangan. Turkiyaning Association of Detainees and The Missing in Sednaya Prison uyuşmasi hisobotiga köra, mamlakatda 2011 yilda fuqarolar uruşi boşlanganidan keyin qamoqxona «ölim lageriga» aylangan. Xususan, taşkilot ma’lumotlariga köra, 2021 yilgaça u yerda 30 mingga yaqin odam qatl, qiynoqlar, oçlik yoki tibbiy yordam yetişmasligi oqibatida halok bölgan.