Toshkentda noyabrda ijara narxlari biroz pasaydi
Poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari oktyabr oyiga nisbatan 1,3 foizga pasaygan.

Foto: Kun.uz
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan 2024 yilning noyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun o‘rtacha ijara narxlari tahlil qilindi.
Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari oktyabr oyiga nisbatan 1,3 foizga pasaygan bo‘lsa, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha narxlar deyarli o‘zgarmadi.
2024 yilning noyabr oyida o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxi oktyabr oyiga nisbatan 0,9 foizga, 2 xonalilar uchun 1,3 foizga, 4 xonalilar uchun 3,9 foizga tushdi. 3 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxida esa bir oz (0,8 foizga) ko‘tarilish kuzatildi.
O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari:
Sergeli (1 xonali - 298 dollar, 2 xonali – 360 dollar, 3 xonali – 404 dollar, 4 xonali - 411 dollar);
Olmazor (1 xonali – 330 dollar, 2 xonali – 364 dollar, 3 xonali – 463 dollar, 4 xonali – 479 dollar).
Eng qimmat ijara narxlari:
Mirobod (1 xonali – 378 dollar, 2 xonali – 516 dollar, 3 xonali – 680 dollar, 4 xonali – 865 dollar);
Yakkasaroy (1 xonali – 367 dollar, 2 xonali – 488 dollar, 3 xonali – 668 dollar, 4 xonali – 743 dollar).
Mazkur davrda to‘liq ta’mirlangan 2 xonali (559 dollar) va 3 xonali (733 dollar) uy-joylarning ijara narxi deyarli o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, 1 xonali uylar ijara narxlari 0,6 foizga oshdi. Talab darajasi nisbatan kam bo‘lgan 4 xonali uylarning ijara narxi esa o‘rtacha 0,9 foizga pasaydi.
To‘liq ta’mirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari:
Sergeli (1 xonali – 331 dollar, 2 xonali – 410 dollar, 3 xonali – 509 dollar, 4 xonali – 587 dollar);
Uchtepa (1 xonali – 353 dollar, 2 xonali – 450 dollar, 3 xonali – 554 dollar, 4 xonali – 688 dollar).
Eng qimmat ijara narxlari:
Mirobod (1 xonali – 479 dollar, 2 xonali – 718 dollar, 3 xonali – 984 dollar, 4 xonali – 1313 dollar);
Shayxontohur (1 xonali – 520 dollar, 2 xonali – 730 dollar, 3 xonali – 1032 dollar, 4 xonali – 1258 dollar).
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
-
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopiladi
Jamiyat | 23:10 / 10.04.2025
Mavzuga oid

16:38 / 10.04.2025
Harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi

08:20 / 07.04.2025
So‘nggi 5 yilda narxi eng kam pastlagan likvid avtomobillar sanaldi

11:59 / 01.04.2025
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov

18:16 / 26.03.2025