AQŞ Federal tergovlar byurosi (FTB) direktori Kristofer Rey AQŞ prezidenti Jo Baydenning vakolat muddati tugagaç, iste’foga çiqiş niyatida. Bu haqda 11 dekabr, çorşanba kuni Vaşingtonda AQŞ Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Boş prokuror Merrik Garlend Rey AQŞning har ikki prezidenti davrida «öz mamlakatiga halollik va mahorat bilan xizmat qildi» dedi va u FTB direktori lavozimida işlaganida «FTB mustaqilligini jinoiy tergovlarni olib borişda nomaqbul ta’sirlardan himoya qiliş» uçun mas’ul bölganini ta’kidladi. Bu mustaqillik, dedi Garlend, «qonun ustuvorligini ta’minlaşda markaziy örin tutadi».
Qöşma Ştatlar qonunlariga köra, FTB direktori agentlikni siyosiy ta’sirdan himoya qiliş uçun ön yil davomida öz lavozimini egallaşi kerak.
FTB yangi direktori - Trampning öta öng tarafdori
AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp bu qarorni olqişladi va Kristofer Reyning vakolat muddati tugaşiga hali uç yil qolganini inobatga olib, uning qadamini «saxiylik» deb atadi. Biroq u allaqaçon Milliy razvedka direktorining sobiq maslahatçisi va Trampning birinçi muddatida mudofaa vaziri ştab boşliği bölgan 44 yoşli Keş Patelni FTBning yangi rahbari etib tayinlaş niyati töğrisida ma’lum qilgan.
Patel avvalroq FTBni razvedka funksiyalaridan mahrum etiş va uning safini Trampning kun tartibini qöllab-quvvatlaşdan boş tortgan barça xodimlardan tozalaş tarafdori edi. U 2021 yil yanvarida Kapitoliyga bostirib kirişga oid tergov doirasida söroq qilingan. Bundan taşqari, Keş Patel öta öng «çuqur davlat» fitna nazariyasi tarafdori bölib, bu hukumat amaldorlari Trampning birinçi muddatida uning rejalariga qarşi siyosiy maqsadlarda harakat qilganini nazarda tutadi, deya ta’kidlaydi AFP. Patelning sözlariga köra, Rey «Amerika muvaffaqiyati va kelajagi böyiça sabotaj uyuştiriş» uçun «hamma narsani qilgan».












