Sport | 02:58 / 17.06.2020
6689
2 daqiqa o‘qiladi

La Liga. «Barselona» autsayderni mag‘lub etib, peshqadamligini mustahkamlab oldi

Foto: Reuters

Ispaniya chempionatining 29-turida «Barselona» o‘z uyida autsayder «Leganes»ni qabul qilib, Ansu Fati va Lionel Messining gollari evaziga navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

G‘alabadan so‘ng «Barselona» ochkolarini 64taga yetkazib, yetakchiligini mustahkamlab oldi. «Leganes» esa 23 ochko bilan so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.

La Liga, 29-tur

Barselona – Leganes 2:0
16 iyun, «Kamp Nou»
Gollar: Fati (42), Messi (69, penalti).
Barselona: ter Stegen, Pike (Umtiti, 73), Firpo, Langle, Serji Roberto (Semedu, 53), Buskets (Vidal, 63), Artur (Puch, 73), Rakitich, Fati (Suares, 54), Messi, Grizmann. 
Leganes: Kuelyar, Tarin, Avazem, Silva (Rodriges, 71), Bustinsa, Resio (Jil, 85), Eraso (Amadu, 63), Ruben Peres, Mesa (Assale, 46), Ruibal, Gerrero (Karilo, 71).
Ogohlantirishlar: Bustinsa (37), Ruben Peres (68), Avaziyem (82), Umtiti (83), Puch (84), Langle (85), Firpo (89), Rakitich (90+3).

Vilyarreal – Malorka 1:0
Gol: Bakka (16).

Xetafe – Espanol 0:0

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid