Vengriya Ukraina va Rossiyaga «öt oçişni töxtatiş»ni örnatiş va keng kölamli mahbuslar almaşinuvini ötkazişni taklif qildi, dedi Vengriya boş vaziri Viktor Orban 11 dekabr, çorşanba kuni ijtimoiy tarmoqlarida.

«Prezident Zelenskiy buni aniq rad etgani açinarli, biz qölimizdan kelganini qildik», deb yozdi Orban. U Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qönğiroq qilgani uçun Orbanni tanqid ostiga olganini şunday izohladi.

Zelenskiy Orbanning Putinga qönğiroğini tanqid qildi

«Biz hammamiz umid qilamizki, Viktor Orban heç bölmaganda Moskvada Asadga qönğiroq qilib, uning bir soatlik ma’ruzalarini tinglamaydi», — deb yozdi Zelenskiy Orban va Putin örtasidagi telefon suhbati haqida xabarlar paydo bölgaç.

«Haqiqiy tinçlik va kafolatlangan xavfsizlikka erişiş uçun Amerikaning qat’iyati, Yevropa birligi va barça hamkorlarning BMT Nizomi maqsad va tamoyillariga sodiq bölişi talab etiladi», — deya qöşimça qildi Zelenskiy. Unga köra, «heç kim özining şaxsiy obrösini kötarmasligi kerak», birlik va umumiy muvaffaqiyatga e’tibor qaratişi kerak.

«Rossiyaning Ukrainaga qarşi olib borayotgan uruşini Ukrainasiz muhokama qilib bölmaydi», — deb yozgan Zelenskiy va AQŞning saylangan prezidenti Donald Trampga, «haqiqiy tinçlik uçun töğri va işonçli yeçimlarni topiş» ustida işlagan «Yevropaning köplab yetakçilariga» minnatdorçilik bildirdi.

Vengriya Ukraina bilan çegarada HMM tizimlarini örnatiş niyatida

Vengriya mamlakatning şimoli-şarqiy qismida, Ukraina bilan çegaraga yaqin hududda havo hujumidan mudofaa tizimlarini örnatişni rejalaştirmoqda. Bu haqda 20 noyabr kuni mamlakat mudofaa vaziri Kristof Salay-Bobrovnitskiy ma’lum qildi. 

«Biz tinçlikka harbiy yöl bilan emas, balki imkon qadar tezroq diplomatiya yöli bilan erişilişiga işonişda davom etamiz», dedi mudofaa idorasi boşliği özining Facebookʼdagi sahifasida Ukrainadagi voqealarni muhokama qiliş uçun boş vazir Viktor Orban tomonidan çaqirilgan Mudofaa kengaşi yiğilişidan söng e’lon qilingan videoda. 

«Biroq, barça ssenariylarga tayyorgarlik köriş uçun men şimoli-şarqda yaqinda sotib olingan havo harakatini boşqariş va havo mudofaa tizimlarini örnatişni buyurdim», dedi vazir.