Xalqaro kongress markazida prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida energetika sohasida yangi quvvatlarni işga tuşiriş va navbatdagi loyihalar qurilişiga start beriş marosimi bölib ötdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Öz nutqi davomida davlat rahbari qiymati 3,7 milliard dollarlik 18 ta yangi quvvatlar işga tuşirilayotgani va navbatdagi 6 ta loyiha qurilişiga start berilayotganini “energetika sohasidagi tarixiy voqea” deb atadi.
Xususan, Buxoro, Navoiy, Namangan va Toşkent viloyatlarida salkam 2,3 ming megavatt quvvatga ega 5 ta quyoş va şamol elektr stansiyasi hamda 5 ta yuqori kuçlanişli podstansiya işga tuşirilmoqda.
Özbekistonda ilk bor Andijon va Farğonada 300 megavattli yirik saqlaş tizimi barpo etildi.
Şuningdek, Qaşqadaryoda 400 megavattli elektr stansiyasi, Toşkent şahrida zamonaviy kogeneratsiya qurilmasi, Andijon, Surxondaryo va Toşkent viloyatlarida 4 ta kiçik GES foydalanişga topşirilmoqda.

Xorijiy şeriklar bilan hamkorlikni izçil davom ettiriş yölidagi yangi sahifa sifatida Farğona, Samarqand, Navoiy, Toşkent viloyatlari va Toşkent şahrida qiymati 3,5 milliard dollar bölgan 2,5 ming megavattli 6 ta elektr quvvatlari qurilişi boşlanmoqda.
Bugun işga tuşayotgan quvvatlar va yangi loyihalar orqali kelgusi yillarda qöşimça 9,5 milliard kilovatt-soat elektr işlab çiqarilib, 2,5 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi, 4,6 million tonna zararli gazlar çiqarilişi oldi olinadi. Eng muhimi – 4 milliondan ziyod xonadon uzluksiz toza energiya bilan ta’minlanadi. Bu öz navbatida iqtisodiyotning boşqa sohalarida ham 4 milliard dollarlik qöşilgan qiymat yaratişga turtki beradi.
Umuman olganda, kelgusi yili jami 84 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariladi. Bu – 2016 yilga nisbatan 25 milliard kilovatt-soat yoki 1,5 barobar köp deganidir.
Bu loyihalar işonçli hamkorlarimiz bölgan Masdar, Acwa Power, AKSA Enerji, Xitoy va Germaniyaning nufuzli kompaniyalari bilan amalga oşirilmoqda.

“Ularning barçasi töğridan töğri xorijiy investitsiyalar ekanini hisobga oladigan bölsak, bu bizga va olib borilayotgan islohotlarimizga bölgan işonçning yaqqol ifodasidir”, — dedi prezident.










