Gurjiston prezidenti Salome Zurabişvili mamlakatda yangi parlament saylovlari belgilanmagunga qadar öz vakolatlarini topşiriş niyatida emasligini ma’lum qildi. U 14 dekabr kuni bölib ötadigan prezidentlik saylovlarini legitim emas deb atadi.

Davlat rahbarining fikriça, bugungi kunda Gurjistonda faqat u legitim hokimiyatga ega. U bölajak saylov jarayonini «prezidentlik saylovlariga parodiya va şarmandalik» deya ta’rifladi. Prezidentning ta’kidlaşiça, norozilik aksiyalarida iştirok etayotgan fuqarolar ham uning pozitsiyasiga qöşiladi.

«Men sizlarning çet eldagi, şuningdek, mamlakat içidagi vakilingizman. Mamlakatga tinçlik, adolat va kelajakni qaytaradigan yangi parlament saylovlari tayinlanmagunga qadar şu yerda bölaman», — deydi Zurabişvili brifing davomida.

Gurjiston prezidenti saylovlari saylovçilar kollegiyasi tomonidan ötkaziladi. Parlamentning barça deputatlari, mahalliy ma’muriyat rahbarlari, şuningdek, Ajariya va Abxaziya Oliy kengaşlari vakillari uning içiga kiradi. Davlat rahbarligi uçun yagona nomzod sobiq futbolçi Mixail Kavelaşvilidir.

Avvalroq Gurjistonda sobiq prezidentni davlat muhofazasidan mahrum etiş töğrisidagi qonun qabul qilingani töğrisida xabar berilgan edi. Qayd etilişiça, mazkur qonunni yoqlab 85 nafar deputat ovoz bergan. Amaldagi qonunçilikka köra, Gurjiston prezidenti, boş vaziri, şuningdek, parlament spikeri vakolat muddati tugaganidan keyin yana bir yil davomida davlat muhofazasidan foydalanişi mumkin. Agar yuqoridagi mansabdor şaxslardan biriga biror xavf tahdid solayotgan bölsa, davlat muhofazasi muddati uzaytiriladi.