O‘zbekiston | 17:21 / 14.12.2024
6861
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

HUAWEI yangi premium smart-soatlarini taqdim etdi: HUAWEI WATCH D2 va HUAWEI WATCH GT 5 seriyasi

Foto: HUAWEI

HUAWEI yangi va innovatsion smart-soatlari bilan bozordagi yetakchi o‘rinlaridan birini egallashda davom etmoqda. Kompaniyaning yangi modellari: HUAWEI WATCH D2 va HUAWEI WATCH GT 5 seriyasi nafaqat yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan, balki shikastlanmas, premium dizayni bilan ham diqqatga sazovor. Bu modellar professional sportchilardan tortib, faqatgina oson hayotni ko‘rishni istagan oddiy foydalanuvchilargacha bo‘lgan barcha kategoriyalarga mo‘ljallangan.

 

HUAWEI WATCH D2 — professionallar uchun maxsus smart-soat

HUAWEI WATCH D2 bu — smart-soatlarning yana bir a’lo namunasi bo‘lib, uning asosiy foydasi yuqori darajadagi sport va sog‘liqni saqlashni maqsad qilganlarga mo‘ljallangan. Ushbu modelda yangi funksionallik va eng zamonaviy texnologiyalar amalda qo‘llangan.

· HUAWEI WATCH D2 titan va keramikadan ishlangan bo‘lib, barcha sport holatlariga mos keladi va suv ostida ham ishlaydi.

· Akkumulyator yordamida HUAWEI WATCH D2 14 kungacha uzluksiz ishlash imkonini beradi, bu esa turistik sayohatlar va jismoniy faoliyatlar uchun juda qulay.

· HUAWEI WATCH D2 ham fridayvingda foydalanish, sportchilar uchun aniq ko‘rsatkichlarni taqdim etadi.

· HUAWEI WATCH D2 ham “Emotsiyalar” funksiyasini qo‘llab-quvvatlab, foydalanuvchilarga psixologik holatini yaxshilashga yordam beradi. Ushbu aqlli qurilma narxi 4 mln 485 ming so‘mdan boshlanadi.

HUAWEI WATCH GT 5 modeli — yangi bosqichdagi premium smart qurilma

HUAWEI WATCH GT 5 va GT 5 Pro bu — kompaniyaning yangi flagman aqlli soatlari bo‘lib, ushbu modelda korxona iste’molchilar uchun kerak bo‘lgan barcha eng yangi texnologiyalar va dasturiy ta’minotni o‘z ichiga olgan. Soatlarning ishlash vaqti 14 kungacha uzayadi, bu esa qo‘shimcha quvvat manbai yo‘q bo‘lgan holatlarda ham smartfonga murojaat qilishga ehtiyojni kamaytiradi. Ushbu modelning ekran qoplamasi sapfir shishadan yasalgan bo‘lib, u nafaqat ta’sirchan, balki premium ko‘rinishni ham bergan.

Unikal dizayn va funksionallik:

· HUAWEI WATCH GT 5 Pro keramika va titandan yasalgan bo‘lib, yuqori darajadagi sifat va shikastlanmaslikni ta’minlaydi. Geometriyaviy shakldagi dizayni nafaqat ishonchli, balki uni ishlatish juda oson va qulay.

· Soatlar 5 AT suvga chidamlilik xususiyatiga ega, ya’ni ular fridayvingdagi ishlatish uchun mo‘ljallangan.

· Ularda sportning turli turlarini qo‘llab-quvvatlovchi maxsus rejimlar mavjud. Yangi kross-beg rejimida foydalanuvchi navigatsiyani, yo‘nalishning o‘zgarishlari haqida xabar berishni va turli ko‘rsatkichlarni olish imkoniyatiga ega.

HUAWEI WATCH GT 5 seriyasida yangi “Emotsiyalar” funksiyasini taqdim etgan bo‘lib, u mijozlarning psixologik salomatligini kuzatib, stressni kamaytirish va ijobiy fikrlashga yordam berish uchun maslahatlar beradi. Qurilma narxi 2 mln 333 ming so‘mdan boshlanadi.

Nima uchun HUAWEI WATCH GT 5 seriyasi va HUAWEI WATCH D2 yoqimli tanlov?

HUAWEI WATCH GT 5 seriyasi va HUAWEI WATCH D2 smart-soatlarining har biri o‘zining ajoyib dizayni, funksionalligi va ishlash vaqti bilan ajralib turadi. Agar sizga sifat, ishonchlilik va zamonaviy texnologiyalar kerak bo‘lsa, bu modellar siz uchun mo‘ljallangan. HUAWEI yangi lineykasi nafaqat texnologik jihatdan, balki ushbu smart-soatlarni xarid qilish sizning nafas olish, jismoniy holatingiz va psixologik salomatligingizni saqlash uchun ideal tanlov bo‘lishi mumkin.

HUAWEI WATCH GT 5 seriyasi va HUAWEI WATCH D2’ni sog‘lom va faol hayotni yordamchi sifatida olish nafaqat sizga, balki yaqinlaringizga ham ajoyib sovg‘a bo‘ladi. Har bir smart-soat o‘zining yangi, zamonaviy xususiyatlari bilan hayotingizni yengillashtiradi va shikastlanmas dizayni bilan o‘ziga xos. Ushbu premium smart-soatlar haqida Huawei saytida, shuningdek, HUAWEI’ning butun respublika bo‘ylab hamkor do‘konlarida yoki Toshkent shahri, Afrosiyob ko‘chasi 28/14 manzilda joylashgan rasmiy shourumda batafsil ma’lumot olish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid